G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


-slayd Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari


Download 1.47 Mb.
bet109/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

5.2-slayd

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Prezident I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining To‘qqizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida respublikada demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”,80 muhim ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi.

Ushbu ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish uchun avvalombor xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bo‘ladi. Endilikda xususiylashtirish jarayonlari tobora ko‘proq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aksiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noo‘rin aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablag‘lari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. SHuningdek, shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish hamda ularga servis xizmati ko‘rsatuvchi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish muhim ustuvorlikka ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun va mohiyati. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bo‘lib, mazkur farmon bevosita shunga bag‘ishlangan. Dasturga ko‘ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O‘zR Prezidenti Faronlari va Qarorlari, hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat loyihalari ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham bu farmonda quyidagilar belgilab berildi:

1) dan tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari ruyobga chiqarilishini ta’minlaydigan qonun xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tuzilishi aytilgan.

2) dan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo‘yicha Qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va amalda ro‘yobga chiqarilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

3) dan jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzish belgilab berildi.

4) dan, ushbu farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitasi va idoralar, Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nazorat ostiga olinishi aytib o‘tilgan.

5) dan, Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish, davlat hokimiyati organlari va hukumatga kiritishda monitoring o‘tkazish topshirildi.

Umuman ushbu farmon mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning aniq ijobiy natijalarini his etish bayon etilgan. (Turkiston, 2005 yil 15 iyul).

O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish iqtisodiy ustuvor yo‘nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘rilmoqda:

- tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash;

- iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;

- iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit va investorlar uchun kafolat yaratish;

- ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta zahiralarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan etakchi tarmoqlarga ustuvor ravishda yo‘naltirish;

- jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, dunyo iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling