Nazariy vazifasi: ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jamiyatning xavfsizligini, barqarorligini ta’minlash va mustahkamlash yo‘llarini ko‘rsatib berish, ilmiy asoslangan oqilona dasturlarni, qonunlarni, qarorlarni ishlab chiqishdir. Bunda pala-partishlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. SHuningdek, siyosat dasturlar, qonunlar, qarorlarni ishlab chiqish bilan birga ularni qabul qilish vazifasini ham bajaradi.
Ushbu fan siyosatining asosiy amaliy vazifasi – qabul qilingan dasturlar, qonunlar, qarorlarni hayotda izchillik, qat’iyat bilan amalga oshirish, butun jamiyatni turli-tuman illatlardan, xastaliklardan tozalashdir. CHunki bu vazifa ijtimoiy hayotda amalga oshirilmas ekan, unda jamiyatning mustahkam xavfsizligiga, barqarorligiga, tinch-totuvligiga, baxt-soadatga erishib bo‘lmaydi.
Siyosat o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi uslublardan foydalanadi: 1) ishontirish; 2) tarbiyalash; 3) kuch ishlatish; 4) majburlash.
Hozirgi vaqtda «siyosat» tushunchasi ham keng, ham tor ma’noda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |