G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
Mazkur fanni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
1.3. Mazkur fanni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati
«O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosini mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyat qurishning maqsadlari, uning shakllanishi va rivojlanishining milliy-ma’naviy negizlari, demokratik jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalar, qarashlar bilan tanishtiradi. Fuqarolarning ong va tafakkuriga singishida, ishonch va e’tiqodlariga ko‘chishida muhim o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat qurishning qonuniyatlarini bilishda, uning jahonda e’tirof etilgan tamoyillarini har bir mamlakat va xalqning milliy va ma’naviy xususiyatlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish zarurligini his etish va unga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. haqiqiy demokratiya bilan soxta demokratiyaning farqini ko‘rishda, uni baholab, munosabat bildirishda, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o‘rganish orqali erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishi bilan bog‘liq uning nazariy asoslarini, dunyoda demokratik jamiyat qurish bilan bog‘liq umumiy qonuniyatlarni bilish bilan birga, demokratiyaning o‘ziga xos milliy ko‘rinishlari, «milliy modellari»ning ma’no-mazmunini to‘g‘ri tushunib olishga muvaffaq bo‘lish mumkin. Ijtimoiy taraqqiyot va bugungi globallashuv jarayonlari dunyo xalqlarining hayotiga, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy negizlariga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda. Dunyo xalqlari bir-biri bilan uzviy bog‘lanib bormoqda. SHunday sharoitda o‘zligini saqlab qolish, o‘ziga xos va mos milliy-ma’naviy qadriyatlarini unutmasdan, uni demokratik jamiyat qurish tamoyillari bilan bog‘liq holda amalga oshirishga erishish, demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib olgan O‘zbekiston xalqi uchun ham muhim va dolzarb vazifadir. Bu har bir fuqarodan mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda milliy qadriyatlarini hurmat qilishga, demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini uzviy bog‘lab olib borishga o‘rgatadi. Mazkur fanni o‘rganish orqali O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar, uni mamlakatda belgilab olingan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishishning uzviy bog‘liqligini yurakdan his etishga, uning faol ishtirokchilariga aylanishga yaqindan yordam beradi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish vazifalarining fuqarolik jamiyati asoslari bilan mushtarakligi, inson huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini amalda ta’minlashiga qaratilgandir. Unga erishish shart-sharoitlarini, asosiy yo‘nalishlarini bilish demokratik jamiyat to‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi. Bu bugungi kunda hayotimizda uchrab turgan demokratiyaga zid bo‘lgan ayrim nosog‘lom xatti-harakatlar, «demokratiya niqobi bilan» uning milliy-ma’naviy xususiyatlarini, O‘zbekiston xalqi turmush tarzi, milliy-ma’naviy qadriyatlari: tarixi, tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini hisobga olmasdan, demokratiyaga baho berishdagi bir tomonlama, noxolis urinishlarning ham tub masqadlarini, asl muddaolarining mohiyatini anglashga, farqlay olishga yordam beradi. Fanni o‘rganish orqali fuqarolarda O‘zbekiston Respublikasining demokratik jamiyat qurishdan iborat oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni aniq bilib olish mumkin. O‘zbekiston jamiyati hayotining barcha jabhalari to‘g‘risida: davlati, xalq hokimiyatchiligi, inson va fuqarolarning demokratik jamiyatda ishtiroki, asosiy huquq va erkinliklari, burchlari, demokratik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizlari, unga xos xususiyatlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va fuqarolik jamiyati qurilishining asoslari, uning milliy va umumbashariy negizlari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish muhim siyosiy va ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Fuqarolarda vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga ham xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan, muhim tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradi. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillariga tayanadi va demokratik jamiyat qurilishi bilan bog‘liq qadriyatlarni keng jamoatchilikning ishonch va e’tiqodiga aylanishiga xizmat qiladi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling