G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


 Topografik kartalarning kartografik proyeksiyasi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

5.4. Topografik kartalarning kartografik proyeksiyasi 
Topografik kartalar turli muhandislik va mudofaa ishlarida qo’llaniladigan 
bo’lganligidan ulardan foydalanish oson va olinadigan natijalar aniq bo’lishi shart. 
Bu esa yer yuzining sferikligi natijasida ro’y beradigan xatoning juda kichik 
bo’lishini talab etadi. Shuning uchun topografik kartalar tuzishda ma’lum 
kartografik proyeksiya tanlanishi zarur. 


48 
Yer yuzining yassi deb qabul qilinadigan qismini qog’ozda tasvirlaganda ro’y 
beradigan xato juda kichik bo’lishi sababli uni e’tiborga olmasa ham bo’ladi. Shunga 
ko’ra katta territoriyalarning kartalarini tuzishda yer ellipsoidi yuzasi ma’lum 
kattalikdagi trapetsiyaga bo’lingan deb faraz qilinadi. (5.1a-rasm ). Yirik masshtabli 
topografik kartalar tuzishda bu trapetsiyaning har birini tekislik deb qabul qilish 
mumkin. Har bit trapetsiyani tekislikka 
yoyganda ro’y beradigan xato juda kichik 
bo’lganligidan uni e’tiborga olmasa ham 
bo’ladi. Bir necha trapetsiyani yoyganda ular 
orasida ochiq joylar qoladi(5.1b-rasm), bu 
ochiq 
joyni 
to’rtta, 
hatto, 
to’qqizta 
trapetsiyaga teng tarqatish yo’li bilan 
yo’qotish mumkin. Lekin ko’p trapetsiyani 
bir-biriga tutashtirganda hosil bo’ladihan 
ochiq joylar kartalar tuzish va ulardan foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Bu 
qiyinchilikni bartaraf qilish maqsadida 1930-yildan boshlab MDH da 1:10000-
1:500000 masshtabli topografik kartalar tuzishda Gaussning teng burchakli 
ko’ndalang silindrik proyeksiyasi qo’llanila boshlandi. Bu proyeksiya meridian 
bo’yicha cho’zilgan territoriyalarni tasvirlashda juda qulaydir. Gauss proyeksiyasini 
qo’llanishda Yer ellipsoidi Grinvich meridianidan boshlab 6
o
li 60 ta meridional 
zonaga bo’linadi. So’ngra har bir zona alohida-alohida tekislikda tasvirlanadi. 
Demak, Gauss proyeksiyasida “ko’p qirrali proyeksiya” ,“ko’p zonalar” bilan 
almashtiriladi.
Har bir meridianal zonaning yahlit tasvirini hosil etish uchun Yer ellipsoidi 
ko’ndalang silindr ichiga joylashtiriladi va har bir zonaning meridian va parallel 
chiziqlari silindrning ichki yuziga proyeksiyalanadi. Bunda burchaklarning 
o’zgarmasligi shart qilib qo’yiladi. Shuning uchun Gauss proyeksiyasida tuzilgan 
kartalarda tasvirlangan burchaklar qiymatiga teng bo’ladi. har bir zona 
proyeksilangan silindrni ma’lum yasovchi bo’yicha kesib tekislikka yoyganda har 
bir zonaning o’q meridiani va ekvator bo’lagida masshtab o’zgarmaydi, lekin o’q 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling