G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
6.2-rasm.
Geodezik tayanch punkti 6.3-rasm. Signal 58 o’rnatilib, sementlanadi. Markaning devordan chiqib turgan qismining o’rtasida diametri 4 mm keladigan teshikcha bo’ladi, nivelirlash vaqtida shu teshikcha markazining absolut balandligi aniqlaniladi. Reperlarning devorga va gruntga o’rnatiladiganlari bo’ladi. Devor reperi (6.4- rasm b) marka kabi imorat devoriga, inshoot yoki qoyaga yerdan 0,5-0,6 m balandlikda o’rnatiladi. Reperning markadan farqi shukiu devordan qisman chiqib turadi. Marka va reperga uni o’rnatgan tashkilotning qisqartirilgan nomi va reperning nomeri yozib qo’yiladi. Reperni o’rnatish uchun munosib imorat yoki inshoot bo’lmagan joyda reper yerga o’rnatiladi. Bunday reper grunt reperi deyiladi. Grunt reperlarining tuzilishi turlicha bo’ladi, shulardan ba’zilari 6.5-rasmda ko’rsatilgan (reper o’lchamlari sm hisobida berilgan). Qisqa muddatga (1-2 yilga) mo’ljallangan balandlik tayanch punktlariga vaqtinchalik reperlar o’rnatiladi. Vaqtinchalik reper yerga ko’milgan yog’och ustun, rels parchasi, devor, qoyalarga qoqilgan dumaloq qalpoqli mix va boshqalardan iborat. O’rnatilgan geodezik belgilar (markaz, piramida, signal, marka va reperlar) ning joyda saqlanishini kuzatib turishlari uchun ular geodezik belgi joylashgan mahalliy tashkilotlarga hujjat bilan topshiriladi. 6.4-rasm.Marka 6.5-rasm.Reper 59 6.3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishning bir necha xil uslublari bor. Astronomik uslub, geodezik uslub, radiogeodezik uslub, kosmik-geodezik uslub shular jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda geodezik uslub qo’llanilmoqda. Geodezik uslubning o’zi triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya turlariga bo’linadi. Punktlarning geografik koordinatalari (geografik kengligi va geografik uzunligi), astronomik uslubda bir-biriga bog’lanmay alohida aniqlanadi. Lekin astronomik uslubda punktlar koordinatalarining aniqlash darajasi hozirgi vaqtda geodezik tayanch tarmoqlariga bo’lgan talabini qondirmaydi. Shuning uchun astronomik uslub katta aniqlik talab qilmaydigan vaqtda (masalan, 1:100000 va undan mayda masshtabda tasvirga olishda) yoki geodezik tayanch tarmoqlari hosil etishning boshqa uslublaridan foydalanib bo’lmaydigan joylarda (Arktika, Antarktida va boshqa joylarda) qo’llanilishi mumkin. Astronomik uslub geodezik uslub bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan: geodezik uslubda tayanch tarmoqlari hosil qilish uchun avvalo biror boshlang’ich punkt yoki bir necha punktning koordinatalari astronomik uslubda aniqlab olinadi. Tayanch tarmoqlarining boshqa punktlari koordinatalari geodezik o’lchash natijalariga asoslanib, hisoblab chiqariladi. Boshlang’ich punktdan keyin keladigan punktlar fikran chiziq bilan tutashtirilsa tarmoq hosil bo’ladi. Qator uchburchakdan iborat tarmoq triangulyatsiya tarmoqi, ko’p burchaklardan iborat tarmoq poligonometriya tarmog’i deyiladi. Keyingi yillarda 1:50000 va 1:100000 ayrim vaqtlarda esa 1:25000 masshtabli aerofototopografik tasvirga olish uchun geodezik tayanch tarmoqlari barpo qilishda radiogeodezik uslub qo’llanilmoqda. Radiogeodezik uslub territoriyani samolyotdan turib suratga olish vaqtida samolyotning o’rnini aniqlashga asoslangan. Bu uslub ayniqsa bir-biridan uzoqda joylashgan hamda bir-biridan ko’rinmaydigan punktlarning koordinatalarini aniqlashda qo’llaniladi. Qit’a va orollardagi geodezik tayanch tarmoqlarini bir-biriga bog’lashda kosmik geodezik usuldan ham foydalaniladi. Yerning tabiiy va sun’iy yo’ldoshlarini kuzatish asosida bir-biridan juda uzoqda joylashgan punktlarning koordinatalrini aniqlashda, bir-biridan okean va dengiz bilan ajralgan qit’a hamda orollarda 60 o’tkazilgan geodezik tayanch tarmoqlarini bir biriga bog’lashda bu uslub muhim ahamiyatga ega. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishda joyning sharoitiga qarab, iqtisodiy jihatdan eng yaxshi samara beradigan uslub tanlanadi. Hozircha planli geodezik tayanch tarmoqlari triangulyatsiya, trilateraratsiya va poligonometriya uslublari bilan hosil qilinmoqda. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling