G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
6.8-rasm.Poligonometriya uslubi
Triangulyatsiya uslubini qo’llab bo’lmaydigan rayonlarda, masalan, o’rmon zonasida yoki shahar ichida punktlar bir-biridan ko’rinishi uchun juda baland geodezik belgi (signal) o’rnatilishiga to’g’ri kelgan hollarda geodezik tayanch tarmoqlari qurishda poligonometriya uslubi qo’llaniladi. Bu uslub poligon tomonlarini o’lchash usuliga qarab, magistral, parallaktik va dalnomer poligonometriyalarga bo’linadi. Magistral poligonometriya koordinatalari ma’lum bo’lgan ikkita tayanch punkt oralig’ida o’tkazilgan poligondan iborat, bunda poligon burilish nuqtalari(1, 2, 3..,) ning koordinatalarini aniqlash uchun joyda bu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi (d 1, d 2, d 3, …, d n ) poligon burilish burchaklari (β 1, β 2, β 3, ..., β n ) hamda yondosh (ψ 1, ψ 2 ) burchaklar o’lchanadi. Boshlang’ich tomonning ma’lum direksion burchagi (α 5 ) dan hamda burchak qiymatlaridan foydalanib formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Ochiq poligonda oxiri (CD) tomonning ma’lum direksion burchagi (α 0 ) direksion burchaklarni hisoblashda nazorat bo’lib hizmat qiladi. Boshlang’ich punkt (B) ning koordinatalari, direksion burchaklar hamda tomonlar ma’lum bo’lgach to’gri geodezik masalani yechish yo’li bilan poligonometriya punktlari birin ketin aniqlanadi. Poligonometriya punktlarining 64 koordinatalarini hisoblashda oxirgi punkt (C) ning ma’lum koordinatalari nazorat bo’lib xizmat qiladi. Paralaktik poligonometriyada poligon tomonlari bevosita o’lchanilmaydi, balki boshqa yordamchi tomonlarning uzunligidan foydalanib hisoblab chiqariladi. Bu usul masofani o’lchash qiyin bo’lgan joylarda qo’llaniladi. (6.9-rasm a) da (ABCD) poligonometriya yo’li berilgan. Uning (AB, BC va CD) tomonlarini aniqlash uchun ularga perpendikulyar va simmetrik qilib (db, mn va kl) bazislar olinadi. Bazislar joyda bevosita o’lchanadi. Bazislardan tashqari, paralaktik burchaklar (φ 1, φ 2 φ 3 va ψ 1, ψ 2, ψ 3) ham o’lchanadi. Poligon tomonlari quyidagi formulalar yordamida hisoblab chiqariladi: AB = d 1 ′ + d 1 ′′ = b 1 2 (ctg φ 1 2 + ctg ψ 1 2 ) ; BC = d 2 ′ + d 2 ′′ = b 2 2 (ctg φ 2 2 + ctg ψ 2 2 ) ; CD = d 3 ′ + d 3 ′′ = b 3 2 (ctg φ 3 2 + ctg ψ 3 2 ). (6.3) Poligon tomonlarining burchaklarini hisoblab chiqarish uchun poligon burilish burchaklari (β 1, β 2, ) o’lchanilishi kerak. Shu ma’lumotlardan foydalanib, to’g’ri geodezik masalani yechish yo’li bilan poligon punktlarining koordinatalari topiladi. Ba’zi joylarda, daryo jar va boshqalar bo’ylab poligonometriya o’tkazilganda poligon yo’lning yo’nalishiga qarab simmetrik qilib bazis olish qiyin bo’ladi. bunday vaqtda punkt oralab bazis olinadi. Bu bazis (b 1 va b 2 ) lar poligonometriya yo’li burilish burchagining bissektrtisasi bo’yicha (6.9-rasm b) joylashtiriladi.( b 1 ) bazisdan poligon yo’lining (d 1 ) tomonlar uzunligini hisoblashda foydalaniladi. Har bir poligon bo’laklarining bazislaridan tashqari paralaktik burchaklar, bazis yon burchaklari hamda poligon tomonlari yo’nalishlari orasidagi gorizontal burchaklar o’lchanadi. Bunday poligonometriyada poligon tomonlarining uzunligini quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi: 65 d 1 = b 1 sin(φ 1 + ψ 1 ) cosecφ 1 (6.4) Poligon tomonlarining direksion burchaklari (6.4) formula yordamida punktlarning koordinatalari esa (to`g`ri geodezik masala) formulalari yordamida topiladi. Qisqa bazisli paralaktik poligonometriyani rus olimi professor A.S. Filonenko (1884-1963) taklif etgan. Bu poligonometriyada paralaktik poligon tomonining uzunligini aniqlashda qisqa bazis olinadi. Masalan: poligon yo’lining (AB) tomoni uzunligi (d 1 ) ni bilish uchun joyda (M) nuqta tanlanadi (6.9-rasm c). (M va B) nuqtalar orasidagi katta bazisga simmetrik qilib qisqa bazis belgilanadi. Ko’pincha qisqa basis sifatida maxsus shtativga o’rnatilgan, uzunligi 3 m keladigan reykadan foydalaniladi. Bunda paralaktik burchak (φ 1, φ 2 φ 3 )( hamda bazis yon burchaklari Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling