70
Markaziy kartografiya-
geodeziya fondiga topshiriladi,
materiallarning
nusxasi esa geodezik tayanch tarmoqlari o’tkazgan tashkilotda saqlanadi.
Turli
muassasa va idoralar zarur bo’lganida, bu materiallarni
Markaziy kartografiya-
geodeziya fondidan yoki uning joylardagi bo’limlaridan olib foydalanishi mumkin.
6.6. Davlat geodezik balandlik tayanch tarmoqlari
Joydagi o’rni maxsus belgi (marka va reper) bilan belgilanadigan va absolut
balandligi aniqlangan nuqtaga balandlik tayanch punkti deyiladi. Bunday punktlar
yi’gindisi balandlik tayanch tarmoqlarini tashkil etadi. Balandlik tayanch tarmoqlari
punktlarining absolut balandligi geometrik nivelirlab aniqlanadi.
Shuning uchun
balandlik tayanch tarmoqlari nivelirlash tarmoqlari deb ham yuritiladi.
Davlat nivelirlash tarmoqlari aniqlik darajasiga va barpo qilish tartibiga qarab
, I, II, III va IV klass nivelirlash tarmoqlariga bo’linadi.
I klass nivelirlash yo’li asosan mamlakatimiz territoriyasidagi
okeanlar va
dengizlar sathini farazan tutashtiruvchi chiziqlar bo’yicha, masalan Boltiq dengizi
sathidan
Tinch okeaniga qadar, Shimoliy muz okeanidan
Qora dengizga qadar
o’tkaziladi va hokazo.
6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: