72
mm ga teng, 6.3-jadvalda davlat balandlik tayanch tarmoqlari haqidagi ba’zi bir
ma’lumotlar berilgan.
Davlat balandlik tayanch tarmoqlari qurish nivelirlash katalogini tuzish bilan
yakunlanadi. Nivelirlash
katalogida nivelirlash klassi, bajarilgan yili va bajargan
tashkilot nomi, marka va reper nomeri, ularning ti pi, joylashgan o’rnining tasviri,
boshlang’ich reper yoki markazgacha bo’lgan masofa, balandligi,
Kronshtadt
futshtogidan balandligi ko’rsatiladi. Balandlik tayanch tarmoqlari to’grisidagi
materiallar Markaziy Kartografiya-geodeziya fondiga topshiriladi, nusxasi esa
nivelirlash ishini bajargan tashkilotda saqlanadi.
Biror
tashkilot yoki idora, zarur bo’lganida, nivelirlash materiallarini
Markaziy kartografiya-geodeziya fondidan yoki uning joylardagi bo’limlaridan olib
foydalanishi mumkin.
6.7. Mahalliy tayanch tarmoqlari
Yuqorida territoriyaning 1:25000 va 1:10000 masshtabli topografik planini
olish uchun tayanch tarmoq barpo qilishda har 50-60 km
2
joyga bitta
davlat geodezik
tayanch punkti to’g’ri kelishi lozim deyilgan edi. 1, 2 va 3-klass davlat geodezik
tayanch tarmoqlarini o’tkazishda punktlar shunday joylashadi, 1:5000 va undan
yirik masshtabli topografik planlar olish uchun kerak bo’lgan tayanch tarmoqlari 4-
klass davlat geodezik tayanch tarmoqi va mahalliy
geodezik tayanch tarmoqi
o’tkazish yo’li bilan hosil qilinadi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari faqat yirik
masshtabli topografik tasvirga olish uchungina emas, balki turli muhandislik-
geodezik ishlarini bajarish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.
Masalan shahar,
qishloq va sanoat korxonalari territoriyalarida quriladigan mahalliy geodezik
tayanch tarmoqlaridan shahar, qishloqlarni planlashtirishda
hamda qurilish
loyihalarini, shahar yer osti kommunikatsiyalari loyihalarini joyga ko’chirishda,
sanoat korxonalari va uy-joy binolarining qurilishini tekshirishda, qizil chiziqlar
o’tkazishda,
shuningdek metropoliten, kanal, ko’prik va boshqa joylarning
loyihalarini joyga ko’chirishda hamda bu inshootlarni qurishda foydalaniladi.