G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 7.1. Joylarda masofa o`lchash maqsadi va mohiyati
Tayanch so’zlar: nuqta, punkt, geodezik punkt, shoxobcha,reper, marka,
geodezik belgi, triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya, astronomiya, geografik kenglik, geografik uzoqlik, uzunlik, radiogeodeziya, kosmik geodeziya, tarmoq, bazis, paralaktik, magistral tayanch tarmoq. Nazorat savollari: 1. Geodezik tayanch tarmoqlarining turlari. 2. Geodezik tayanch tarmoqlari qanaqa uslublar bilan barpo etiladi? 3. Geodezik punkt deb nimaga aytiladi? 4. Triangulyatsiya, Poligonometriya uslubi. 78 7-BOB. JOYLARDA MASOFA O`LCHASH 7.1. Joylarda masofa o`lchash maqsadi va mohiyati Joylarda masofa o`lchash deb-yer yuzasida bir nechta nuqtalar mahkamlanib, ular orasidagi uzunlikni maxsus o`lchash asboblari bilan o`lchashga aytiladi. Masofalarni bevosita o‘lchashda turli mexanik o‘lchash asboblari ishlatiladi, po‘lat lenta, po‘lat ruletka, yumshoq materialdan ishlangan tasma ru- letkalar, tros va invar materialdan yasalgan o‘lchov similar.Masofa o‘lchashining asosiy uslublari bo‘lib, bevosita-lenta, ruletka yoki vositali–elektromagnit va elektron-optik masofa o‘lchash usullari qo‘llanilmoqda. Masofani bevosita o’lchash usulida masofa o’lchov asbobi bilan to’g’ridan- to’g’ri o’lchanib, uzunligi aniqlanadi. Masofani bu usulda o’lchash uchun po’lat lenta, invar sim sim, ruletkalardan foydalaniladi. Bu asboblar: po’lat64 % temir va invar 34% nikel qotishmasidan yasaladi. Po’latdan yasalgan o’lchov asboblari yordamida masofani 1:1000- 1:25000 aniqlikda, invardan yasalgan asboblar yordamida 1:25000-1:100000 aniqlikda o’lchash mumkin. Masofani o’lchash asbobi yordamida to’g’ridan to’g’ri o’lchamasdan uning uzunligini boshqa natijalaridan foydalanib matematik formulalar asosida hisoblab topishgabilvosita (vositali)o’lchash deyiladi. Uchburchakning uchta burchagi va bitta tomonini o’lchash natijalaridan foydalanib, qolgan ikki tomonini sinuslar teoremasi asosida aniqlashni bunga misol qilib ko’rsatish mumkin bo`ladi. Bevosita o’lchash usulida masofa uzunligini 1:1000 – 1:25000 aniqlikda hisoblab chiqarish mumkin. Joyda masofani bevosita va bilvosita o’lchash ancha murakkab ish hisoblanadi va bunga ko’p vaqt ketadi. Shuning uchun masofani o’lchashning osonroq yo’lini topish zarur bo’lib qolgan. Dalnomer deb ataluvchi asbob ixtiro qilinganidan keyin bu ish birmuncha osonlashdi. Masofani o’lchashda dalnomerlarning optik, svetodalnomer, radiodalnomer turlaridan va boshqa turlari ham foydalaniladi. 79 Keyingi yillarda masofani bevosita o’lchashda lazer nurlaridan ham foydalanilmoqda. Masofa optik dalnomerlar bilan 1:200 – 1:5000 aniqlikda, svetodalnomer va radiodalnomerlar bilan 1:10000 - 1:400000 aniqlikda o’lchanadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling