56
Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita
asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li,
geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy
geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli
geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi.
6.2. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash
Geodezik
tayanch
tarmoqlari
punktlarini o’rni punktlarning ahamiyatiga
va ulardan foydalanish muddatiga qarab
belgilanadi.
Davlat
geodezik
tayanch
tarmoqlaridan uzoq vaqt foydalanish
uchun
ularning
punktlari
joyda
mustahkam saqlanadigan doimiy belgilar
bilan belgilanadi. Bu belgilarga
markaz
deyiladi.
Joyning
tabiiy
geografik
sharoitiga va geodezik punktning qanday
ahamiyatga ega ekanligiga qarab turli
markazlar qo’llaniladi. Markazlarning
tuzilishi va joyga o’rnatilishi maxsus
ko’rsatmalarda beriladi. Yerning muzlash
chuqurligi 1,5-2 m gacha bo’lgan joylarda
o’rnatiladigan markazlar 6.1-rasm (a) da, qoyali joyga o’rnatiladigan markazlar 6.1-
rasm (b) da ko’rsatilgan (rasmlarda markazlarning o’lchami sm hisobida berilgan).
6.1-rasm (a) dagi markazni o’rnatish uchun yer ikki metrdan chuqurroq qazilib,
uchta beton monolit o’rnatilgan. Beton monolitlar cho’yandan yasalgan markalar
bitta tik chiziqda yotadigan qilib joylashtirilgan markalarning tuzilishi turlicha
bo’lib, shulardan biri 6.1-rasmda ko’rsatilgan (bu rasmda marka o’lchami mm
hisobida berilgan). Cho’yan marka qopqog’idagi 2 mm li teshikcha punktning
Do'stlaringiz bilan baham: