54
Tayanch so’zlar: karta,
topografik karta, topografik plan, profil, globus,
geografik joylashish, kontur, matematik model, yuza, sferik yuza, meredian, maydon
xatolari, masshtab,
proeksiya, obzor karta, geografik karta,
maxsus karta,
nomenklatura, chiziqli masshtab, zona, qator, kolonna.
Nazorat savollari:
1.Topografik karta deb nimaga aytiladi?
2. Topografik karta elementlari nimalardan iborat?
3.Nomenklatura nima?
4.Karta va plan, ular o’rtasidagi asosiy farq.
55
6-BOB. GEODEZIK TARMOQLAR VA DAVLAT
GEODEZIK TARMOQLARI
6.1.Geodezik tarmoqlar
Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam
qoziq bilan belgilangan,
koordinatasi (X,Y) va absolut balandligi
(H) aniqlangan
nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi
geodezik
tayach tarmog`ini tashkil etadi. Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga
planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik
tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y
va H ma'lum), faqat planli (X, Y ma'lum) va faqat balandlik (H, ma'lum)
tarmoqlariga bo‘linadi.
Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT),
Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch
tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch
tarmoqlari maxsus dastur
asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch
bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va
texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik
tayanch tarmoqlariga
asoslaniladi. Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati,
qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik
tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi.
Yirik muhandislik
imshootlarining loyihalari joyga geodezik tayanch punktlarga tayanib ko’chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: