49
meridian va ekvatordan uzoqlashgan sayin o’zgara boradi.
Zonani chegaralovchi
meridianlarda masshtab juda o’zgaradi. Masalan, Gauss proyeksiyasida tuzilgan
1:500000 masshtabli kartaning o’q meridianga to’g’ri kelgan varag’ida bosh
masshtab 1 sm da 500 m ga, eng chetki meridianlarga to’g’ri kelgan varaqlarida esa
xususiy masshtab 1 sm da 499,5 m ga teng bo’ladi, ya’ni 0,5 m farq qiladi. Lekin bu
farq (xato) karta tuzishda va o’lchash ishlarida yo’l qo’yiladigan
xatodan kichik
bo’lganligidan e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun topografik kartalarning hamma
qismida masshtab bir xil bo’ladi. Bundan tashqari, topografik
kartalar Gaussning
teng burchakli ko’ndalang silindrik proyeksiyasida tuzilganligi tufayli bu
kartalardan foydalanib nuqtaning ham geografik, ham to’g’ri burchakli koordinata-
larini aniqlash va bir xil masshtabli
topografik kartadan foydalanib, boshqa
masshtabli topografik kartalarni tuzish mumkin.
5.5. Topografik plan va kartalarning varaqlarga bo’linishi va
nomenklaturasi
Yer yuzining muayyan kattalikdagi turli qismlarining
alohida-alohida
qog’ozlarda tasvirlangan topografik kartalari meridian va parallel chiziqlar bilan
chegaralanadi va trapetsiya shaklida bo’ladi.
Topografik kartalarni varaqlarga bo’lish hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni
ularga nom berish tizimi nomenklatura deyiladi. Varaq (trapetrsiya)
larning
o’lchami va nomenklaturasi haqidagi ba’zi ma’lumotlar 5.1-jadvalda berilgan.
Topografik kartalarning nomenklaturasi 1: 1000000 masshtabli karta
nomenklatutasiga asoslangan 1:1000000 masshtabli karta varag’ining o’lchami
meridian bo’yicha 4
o
va parallel bo’yicha 6
o
ga teng.
Kartaning varaqlariga nom
berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4
o
dan parallelar o’tkazilib-qatorlar, 180
o
li meridiandan boshlab 6
o
dan merianlar o’tkazilib esa kolonnalar hosil qilinadi (5.2-
rasm). Qatorlar ekvatordan qutblarga tomon lotin alifbosining bosh harflari bilan (A
dan Z gacha), kolonnalar esa 180
o
li meridiandan boshlab 1 dan 60 gacha arab
raqamlari bilan belgilanadi. Shunda 1:1000000 masshtabli karta har bir varag’ining
nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini ko’rsatuvchi raqamdan
iborat bo’ladi.