G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
necha gektarga
teng Besh yuzli 1:500 5 0.05 0,0025 Mingli 1:1000 10 0.1 0,0100 Ikki mingli 1:2000 20 0.2 0,0400 Besh mingli 1:5000 50 0.5 0,2500 O’n mingli 1:10000 100 1.0 1,00 46 Topografik plan yoki kartalarning masshtabi jihatidan taqqoslab ko’rganda sonli masshtabining maxrajidagi raqami kichik bo’lgan plan yoki karta yirik bo’ladi. Masalan, 1:5000 masshtabli plan 1:10000 masshtabli kartaga nisbatan ikki baravar, 1:50000 masshtabli kartaga nisbatan esa 10 baravar yirikdir. Har bir topografik plan yoki karta varag’ida tasvirlangan territoriyaning katta- kichikligi shu karta yoki planning masshtabiga bog’liqdir. Masalan, 1:2000 masshtabli planda 1:1000 masshtabli plandagiga nisbatan 4 baravar katta territoriya, 1:50000 masshtabli kartada 1:25000 masshtabli kartadagiga nisbatan 4 baravar, 1:10000 masshtabli kartaga nisbatan esa 16 baravar katta territoriya tasvirlangan bo’ladi. Masshtab qanchalik yirik bo’lsa, plan (karta) da o’lchash shunchalik aniq bo’ladi. Karta yoki planda tasvirlangan chiziqning joydagi uzunligini sonli masshtabdan foydalanib aniqlash uchun chiziqning o’lchangan uzunligi sonli masshtabning maxrajiga ko’paytiriladi. Masalan, 1:5000 masshtabli planda chiziqning o’lchangan uzunligi 3,7sm bo’lsa, uning joydagi uzunligi 3,7×5000=18500 sm =185 m bo’ladi. Kartadan o’lchab olingan chiziqning joydagi uzunligini natural masshtab yordamida aniqlash uchun chiziqning uzunligi karta (plan) asosi masshtabiga ko’paytiriladi. Masalan 1:10000 masshtabli karta masshtabinig asosi 100 m va o’lchangan chiziqning uzunligi 4,5sm bo’lsa, uning jopydagi uzunligi 4,5×100=450 m bo’ladi. Bu misollardan ko’rinishicha, joydagi masofa uzunligini topishda karta Yigirma beshmingli 1:25000 250 2.5 6,25 Ellik mingli 1:50000 500 5.0 25,00 Yuz mingli 1:100000 1000 10.0 100,00 Ikki yuz mingli 1:200000 2000 20.0 400,00 Uch yuz mingli 1:300000 3000 30.0 900,00 Besh yuz mingli 1:500000 5000 50.0 2500,00 Millionli 1:1000000 10000 100.0 10000,00 47 yoki planda o’lchab olingan chiziqning uzunligini sonli va natural masshtabda ko’paytirib hisoblashga to’g’ri keladi. Masshtab grafik shaklida ifodalansa, chiziqli masshtab deyiladi. Chiziqli masshtab bitta chiziqdan yoki ikkita parallel chiziqdan iborat bo’lib, chiziqlar ma’lum uzunlikdagi kesmalarga bo’linadi. Kesma masshtab asosi deyiladi. Odatda masshtab asosi 1yoki 2 sm ga teng bo’ladi. kesmalar ustiga uning yer yuzidagi uzunligi yozib qo’yiladi. Chiziqli masshtabning chap tomonidagi birinchi kesma teng o’n bo’lakka bo’linadi, har bir bo’lak shu masshtabning grafik aniqligi deb ataladi. Masalan, masshtabning asosi 1 sm bo’lsa yer yuzida 250 m, grafik aniqligi 1 mm bo’lsa, u joyda 25 m ga teng. Karta yoki planda o’lchangan chiziqning joydagi uzunligini bevosita aniqlashda chiziqli masshtabdan foydalaniladi. Chiziqli masshtabning grafik aniqligi uning tuzilishiga bog’liq. Chiziqli masshtabning birinchi bo’lagi qancha kichikroq bo’laklarga bo’linsa, masshtabning aniqligi shuncha ortadi. Lekin uning birinchi bo’lagini 1 mm dan ham kichikroq bo’laklarga bo’lib bo’lmaydi. Chunki 1 mm dan kichik bo’laklarni ko’z ilg’amaydi. Kartada o’lchangan chiziqlarning joydagi uzunligini aniqroq o’lchashda ko’ndalang masshtabdan foydalaniladi. Ko’ndalang masshtab matall lineykalarda, ba’zi bir geodezik asboblarda va transportirlarda beriladi. Ko’ndalang masshtabning asosi 2 sm, grafik aniqligi 2 mm ga eng kichik bo’lagi 0,2 mm ga teng. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling