G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov
Download 1.29 Mb.
|
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarayon
- 2n4c Gi aiic
- Molekulyar massa, oqsil tarldbi va nuklein kislotalar
: *
\ Javob: 30. Taqqoslang:
Lansetnikda embrioming maydalanish bosqichida 3 marta ekva- torial bo‘lingandan so‘ng uning blastomerlari soni nechta boMadi? Lansetnik embrionidagi blastomerlar 128 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridian va ekvatorial bo‘linishi kerak? Ayolning ovogenezida bir juft gomologik xromosoma tar- qalmay qolgan. Voyaga yetgan tuxum hujayrada nechta xromosoma bo‘ladi? Sholi o‘simligi 158 ta urug‘ hosil qildi. Urug‘lanishda qatnash- gan spermatozoidlar sonini aniqlang? 36. Sholi o‘simligi 158 ta urug‘ hosil qildi. Uning spermata- zoididagi xromasomalar soni makkajo‘xorinikidan 1 taga ko‘p ekanligi ma’lum bo‘lsa, urug‘lanishda qatnashgan spermatozoidlardagi jami xromasomalar sonini aniqlang? Arpa o‘simligidan 400 ta umg‘ olindi. Endospermidagi xromasoma soni 33 ga teng ekanligi ma’lum bo‘lsa, urug‘ hosil bo‘lishida qatnashgan spermatozoidlardagi jami xromasoma sonini aniqlang? Gekkon kariotipida jami xromasomalar soni 24 ta bo‘lib, o‘rgani- layotgan barcha belgilami ifodalovchi genlar gomozigota holatida. Urg‘ochi gekkon tana hujayrasida necha xil DNK molekulasi mavjud? Mitoz siklini davom etish muddati turlicha bo‘ladi, misol uchun bir hujayrali eukariotlarda 0.5 soatdan 2-3 kungacha davom etadi, Ko‘p hujayralilardan burchoqda 15 kun, boshqa dukaklilarda 2- kun davom etadi. Bakteriya hujayrasi qancha vaqtda bo‘linadi? Bakteriya yuqorida berilgan organizmlardan necha marta tez bo‘linishini hisoblang. Kuyka hujayra siklining anafaza bosiqichida xromasoma soni 68 ta. 0‘rganilayotgan barcha belgilami ifodalovchi genlar gomozigota holatida. Erkak kuyka tana hujayrasida necha xil DNK molekulasi mavjud? Yerbagir tugmachagulning changlanish jarayonida urug‘chi tumshuqchasiga 23 ta chang donachasi kelib tushdi. Urug'lanishdan so‘ng 17 ta urug‘ hosil bo‘ldi. Urugianish jarayonida qatnashgan spermatozoidlar jami sonini aniqlang? Sholi spermatozoididagi xromasomalar soni makkajo‘xori gaploid to‘plamidan 2 taga ko‘p. Agar shingilda 27 ta don hosil bo‘lgan bo‘lsa, tuxum hujayradagi jami xromasoma sonini aniqlang. Diploid navli qalampiming tetradalar sonini aniqlang. 518. Turpda birlamchi jinsiy hujayra xromasomalarini ikki qutbga tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan eritma tomizilganda hosil bo‘ladigan tuxum hujayradagi xromasomalar sonini toping. Olchaga nisbatan 3 barobar ko'p xromasomaga ega o'simlikning mitoz sikli anafaza bosqichida qutblarga nechtadan xromasoma tarqalishini aniqlang. Turpda birlamchi jinsiy hujayra xromasomalarini ikki qutbga tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan eritma tomizilganda urug‘langan tuxum hujayradagi xromasomalar sonini toping. Shershevskiy-temer sindromi bilan kasallangan qizning mitoz metafaza bosqichida autosoma xromasoma va DNK sonini aniqlang. Embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida uch marta ekvatorial va uch marta meridian bo‘lingandan so‘ng blastomerlar soni nechta bo‘ladi? Embrion blastula xolatda qanday shaklga ega bo'ladi? Lansetnik blastulasi 3000 ta hujayradan iborat bo‘ladi? Buning uchun necha marta merirdian va ekvatorial bo‘linadi? Mitoz fazalari va ulardagi xromosoma hamda DNKning miqdorida qanday o‘zgarish!ar ketishini tushuntirib bering. 2n4c
Gi
Molekulyar biologiyadan masala va mashqlar Mazkur mavzulami o‘qitishdan maqsad hayotning molekulyar asoslari, hujayradagi biopolimerlarning tuzilishi va funksiyalarining xususiyatlari, ularning hujayralaming strukturasi hosil bo‘lishidagi hayot faoliyati jarayonlaridagi, hujayralar bo‘linishidagi, irsiy belgi- laming shakllanishi va nasldan naslga o‘tishdagi roli haqidagi bilimni chuqurlashtirishdan iborat. Molekulyar biologiyaga oid barcha mavzulaming materialini shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin: Makromolekulalaming fizik - kimyoviy xususiyatlari va funksiyalari. Hujayradagi makromolekulalar funksiyasiga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar. Bu boiimlami o'rganish davomida masala va mashqlardan foydalanish mavzuning eng qiyin tomonlarini tushunib olishga yordam beradi. Molekulyar biologiyadan masala va mashqlar tuzishda uni hujayralardagi makromolekulalarni fizik kimyoviy xususisyatlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar haqidagi fan ekanligini hisobga olish kerak. Molekulyar massa, oqsil tarldbi va nuklein kislotalar Oqsillar biopolimer sifatida yuqori molekulyar massaga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi (6000 dan 1000000 gacha va undan yuqori). Bunday oqsillar 50 dan 8000 va undan ko‘p aminokislotlar qoldig‘idan iborat bo'ladi. Oqsil tarkibidagi aminokislotalami topish uchun oqsil molekulyar massasini aminokislotaning molekulyar massasiga bo‘lish orqali topish mumkin. Aminokislotalaming o‘rtacha molekulyar massasini 100 - 120 atrofida olish mumkin. Oqsilning molekulyar massasi, tarkibi va tuzilishi bo‘yicha masala va mashqlar yechish davomida quyidagi hilimlami egallashlari lozim. oqsillar biopolimer ekanligi, oqsilning molekulyar massasi va o‘lchamini yirik maydaligini. Aminokislotalar oqsil molekulasini monomeri ekanligini. Ular tuzilishining o'ziga xos xususiyayatlari, amfoter xossalarini; oqsil molekulasidagi aminokislotalar izchilligini, zanjirlari sonini, oxirgi gruppalari va radikallarini aniqlash usullarini. Amnokislotalaming polipeptid zanjirga birikishini. Peptid bog‘ va oqsilning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi struktura- larini bu strukturalami belgilaydigan kimyoviy bog‘larni; oddiy va murakkab oqsillami o‘ziga xos xususiyatlarini, oqsil molekulasi denaturatsiyasi va renaturasiyasini bilishi lozim; shuningdek, oqsil sintezlanishining sitoplazmada va endo- plazmatik to‘rda borishi. Oqsil sintezlanishining ko‘p bosqichliligi, DNK, i-RNK va t-RNKning oqsillar sintezlanishidagi roli. Trans- kripsiya jarayoni. Ribosoma - oqsil molekulalari sintezlanadigan organoid, uning kimyoviy tarkibi, konformatsiyasi va harakatlanish xususiyati. Oqsil molekulalari yig‘iladigan markaz. Polisomalar hosil bo‘lishini; translyatsiya va uning bosqichlari. Oqsil molekulasining yig‘ilishi, bunda kodon bilan antkodonning roli. Polipeptid zanjirining uzayishi, oqsil sintezlanishining oxiri. ATFning oqsil sintezidagi roli. Oqsilning vazifalarini bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Molekulyar biologiyaning rivojlanishiga oid ma’lumotlar. F.Misher tomonidan nuklein kislotalaming kashf etilishi, DNK strukturasining Uotson va Krik tomonidan tushuntiiib berilishi; nuklein kislotalar, oqsil molekularining o‘zaro funksional bog‘liqligini nuklein kislotalaming irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishdagi rolini; nuklein kislotalaming tarkibiy qismlari - azot asoslari, uglevodlar, fosfat kislota. Nukleozid va nukleotid. Chartgaf qoidasi. DNK, uning strukturasi, massasi va o‘lchami. DNK molekulalari hosil bo‘lishidagi komplementarlik prinsipi. Qo‘sh zanjirli makromolekula hosil boTishi va spirallanishi. DNK zanjirlarining bir biriga qarama qarshi yo‘nalganligini; DNK replikatsiyasi. Molekulalarini chalkashuvi. DNK kodi, DNK sintezlanishining matritsa prinsipi. RNK molekulalari strukturasining hususiyatlari, ulaming tarkibi. RNK molekulalarining DNK molekulalaridan farqi. RNK sintezlanishi. RNK tiplari. Informatsion RNK (i-RNK) molekulalarining fizik kimyoviy hususiyatlari va hujayradagi roli. Transport RNK (t-RNK) molekulalarining massasi, antikodon va uning funksiyalari, t-RNKning aminokislotalar tashishdagi roli. Ribosom RNK (r-RNK) molekulalarini tuzilish hususiyati, ulaming oqsil sintezidagi roli kabi bilimlarga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling