#Qo’sh urug’lanish & ulotriks masalalar
Download 18.28 Kb.
|
Qo‘sh urug‘lanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omad bo’lajak Doktorlar✊✊✊ O‘z Liderligingizni qo’ldan boy bermang , har doim sizni qo’llab quvvatlaydigan ustozingiz :-) VASILA…
#Qo’sh urug’lanish & ulotriks masalalar 1.Arpa o’simligidan 400 ta urug’ olindi. Endospermidagi xromasoma soni 33 ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, urug’ hosil bo’lishida qatnashgan spermatozoidlardagi jami xromasoma sonini aniqlang? A) 8800 B) 8000 C) 7600 D) 4400 2. Yerbag’ir tugmachagulning changlanish jarayonida urug’chi tumshuqchasiga 23 ta chang donachasi kelib tushdi. Urug’lanishdan so’ng 17 ta urug’ hosil bo’ldi. Urug’lanish jarayonida qatnashmagan spermatozoidlar jami sonini aniqlang? A) 12 B) 17 C) 34 D) 6 3. 800 ta birlamchi spermatazoidlar meyoz va mitoz bo’lingandan so’ng hosil bo’lgan spermalarning 20% i tuxum hujayrani urug’lantirishda qatnashdi. Urug’lanishda qatnashmagan spermalar sonini aniqlang. A) 1280 B) 3840 C) 6400 D) 2560 4. Kungaboqar savatchasida 560 ta urug’ning yetilish jarayonida markaziy hujayrani urug’lantirishda ishtirok etgan spermalar sonini aniqlang? A) 560; B) 140; C) 280; D) 420. 5. Agar o’simlikda 480 ta birlamchi hujayra hosil bo’lib, ularning 60%i chang hujayraga to’g’ri kelsa, o’simlikda qancha urug’ hosil bo’ladi? A) 1152 B) 288 C) 480 D) 576 6. Qalampirning diploid navi tetraploid navidan olingan chang donasi bilan changlantirildi. Urug’lanish jarayonidan so’ng hosil bo’lgan o’simlik murtak hujayrada (a) va markaziy hujayrada (b) nechta xromosoma bo’ladi? A)a-72;b-96; B)a-72;b-108; C)a-72; b-72;D)a-92; b-120 7. Na’matakdagi hosil bo’lgan spermiylarning 30%i urug’lanishda ishtirok etdi. Shu o’simlikda 1008 ta urug’ hosil bo’lgan bo’lsa, shu jarayonda ishtirok etgan changdondagi birlamchi jinsiy hujayra sonini aniqlang A) 840 B) 1680 C) 420 D) 1008 8.Qalampir o`simlining kariotipida 48 ta xromosoma bo`lsa, uning a-barg og`izchalarida, b-tuxum hujayrasida, c-mikrosporasida, d-arxeosporasida, e-endosperimida necha xromosoma bor? A)a-48,b-24,c-24,d-48,e-72 B)a-48,b-24,c-24,d-24,e-48 C)a-48,b-24,c-48,d-48,e-72 D)a-48,b-24,c-24,d-48,e-48 9. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning ikkita mikrosporasidagi jami xromosomalar sonini ko`rsating? A)a-48; b-14; c-14; d-20 B)a-48; b-7; c-14; d-10 C)a-14; b-7; c-7; d-48 D)a-24; b-7; c-7; d-10 10. Noma`lum o`simlik ning 40 ta birlamchi hujayrasi hosil bo`lgan spermiylarning 40% urug`lantirishda ishtirok etdi.Urug`lanishda ishrok etgan spermiylardagi xromosomalarning, urug`lanishda ishtirok etmagan spermiylardagi xromosomalar farqi 768 tani tashkil qilsa, murtakdagi xromasomlar sonini aniqlang. A)1536 B)2304 C)2440 D)2330 11. Diploid navli bug`doyning 96ta birlamchi jinsiy hujayrasidan hosil bo`lgan spermilarning ma`lum qismi urug`lanishda qatnashdi.Urug`lanishda qatnashmagan spermilardagi xromosomalar soni, urug`lanishda qatnashgan spermiylardagi xromosomalar sonidan 2688taga ko`p bo`lsa, urug`lanishda qatnashgan jami spermilar sonini aniqlang. A)96 B)192 C)578 D)288 12. Barbadenze g’o’zasida urug’lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo’ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 9360 ta bo’lsa, markaziy hujayrani urug’lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 180 B) 120 C) 240 D) 360 13. Makkajo’xori o’simligi urug’lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo’ldi. Zigotalardagi autosoma xromosomalarning umumiy soni 3240 ta bo’lsa, qo’sh urug’lanishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 240 B) 480 C) 120 D) 360 14. Ulotriksni jinsiy ko`payishida 128 ta gameta hosil bo`lgan bo`lsa shu gametaning 50% dan zigota hosil bo`lgan zigotaning 25% dan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Qanacha ulotriks iplari hosil bo`lgan? A)64 B)32 C)128 D)16 15. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 16 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A)128 B)256 C)512 D)64 16. Olxo'ri o‘simligining changdonida 80 ta diploid to‘plamli hujayra gametalar hosil qilishda ishtirok etdi. Agar o‘simlikda 128 ta urug‘ hosil bo‘lgan bo‘lsa, hosil bolgan spermiylarning necha foizi markaziy hujayraning urug‘lanishida qatnashgan? A) 25 B) 35 C) 60 D) 20 17. Ulotriksning zoosporalari va izogametalarini umumiy soni 1200 tani tashkil qiladi. Undagi xivchinlarni umumiy soni esa, 3600 tani tashkil qiladi. Ulotriks jinsiy ko’payganda, izogametalarning 80 %urug’lanishda ishtirok etsa, hosil bo’lgan zigotalarning 80 % idan nechta yangi ulotriks ipi hosil bo’ladi. A) 1536 B) 896 C) 768 D) 1200 18. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 128 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A)128 B)256 C)512 D)64 19. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A)128 B)256 C)512 D)64 20.Xlorella jinssiz ko’payishda 4096 ta hujayra hosil bo’lgan. Hujayralar maksimal bo’lingan deb hisoblaganda ,bo’linish uchun necha kun va soat sarf bo’lgan ? A)6 ; 96 B)4;144 C)3; 72 D)4;96 Omad bo’lajak Doktorlar✊✊✊ O‘z Liderligingizni qo’ldan boy bermang , har doim sizni qo’llab quvvatlaydigan ustozingiz :-) VASILA… Download 18.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling