G20 davlatlari rahbarlari mavjud muammolarni bartaraf etish G20 tuzilmasi ko'pincha keskin tanqidlar


Download 75.92 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi75.92 Kb.
#1407558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
katta yigirmalik (G20) guruhi va uning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni

Reja:




  1. G20 davlatlari rahbarlari mavjud muammolarni bartaraf etish

  2. G20 tuzilmasi ko'pincha keskin tanqidlar

  3. Jahon iqtisodiyotining barqaror o‘sish yo‘liga o‘tish

«Katta yigirmatalik» (G20 - The Group of Twenty, major advanced and emerging economies) — dunyoning eng rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari hukumatlari va markaziy banklari rahbarlari ishtirokidagi klub. G20 jahondagi yalpi milliy mahsulotning 85 foizini, jahondagi jami savdoning 75 foizini hamda dunyo aholisining uchdan ikki qismini tashkil etadi.


G20 o‘tgan asrning 90-yillarida, Osiyo mamlakatlari moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotgan, G‘arb davlatlari esa bunga qanday chora ko‘rishni bilmayotgan bir paytda tashkil etilgan. O‘shanda «Katta sakkizlik» moliya vazirlari moliya siyosatidagi muammolarni muhokama qiluvchi davlatlar doirasini kengaytirish tashabbusi bilan chiqishgan va Xitoy, Hindiston kabi yirik davlatlarni o‘z davralariga taklif etishgan. Ushbu davraning bo‘lajak ishtirokchilarini AQSh va Buyuk Britaniya tanlagan. 1997 yilda G33 — 33 mamlakatdan iborat guruh tashkil etildi, 1999 yilda uning o‘rnini G22 egalladi va bir yil ham o‘tmay o‘z o‘rnini G20’ga bo‘shatib berdi.
Bugungi kunda 20ta mamlakat - Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi tashkilot a'zolari hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi nomidan Yevropa komissiyasi va Yevropa kengashi raislari ishtirok etadi. Ulardan tashqari, G20 uchrashuvlarida Moliyaviy barqarorlik kengashi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon savdo tashkiloti, BMT va Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashishadi.
Darvoqe, 1999 yil dekabrida Berlinda bo‘lib o‘tgan ta'sis konferensiyasidan so‘ng G20 haqida deyarli unutildi. 2008 yilda boshlangan yangi moliyaviy inqirozgacha sammitlar o‘tkazilmadi: asosan moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlari uchrashib turishdi.
Birinchi, «inqirozga qarshi» deb nomlangan sammit 2008 yil noyabrda Vashingtonda, keyingisi 2009 yil Londonda o‘tkazildi va o‘sha yilning sentabrida «yigirmatalik» Pittsburgda yig‘ildi.
Iqtisodiy inqiroz vaqt o‘tib chekindi va G20 siyosiy darajaga ko‘tarildi.

Download 75.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling