G‘Abdullayev 2023 -yil


II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA SHAXSNI SHAKLLANTIRISH METODLARI


Download 50.5 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1641610
1   2   3   4   5
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA SHAXSNI SHAKLLANTIRISH METODLARI…………………………….……….…….26
2.1.O‘qish darslari orqali do‘stona munosabatlarni shakllantirishda buyuk ajdodlarimiz me’rosidan foydalanish ahamiyati.………………………..….……26
2.2.O‘quvchi shaxsini shakllantirishda ilg‘or texnalogiyalardan foydalanish……………………………………………………………………..…30
Tajriba- sinovlari va ularning natijalari……………...………………..……..….49
XULOSA................................................................................................................66
TAVSIYALAR……………………………………………………………..……67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………….………….…..68

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oldimizda mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda, har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go‘zal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog‘liqdir. Shu boisdan ham hozirgi kunda xalqimiz, farzandlarimiz iqbolini o‘ylab, qattiq bel bog‘lab mehnat qilayotgan ma’suliyatli bir davrda mazkur tushunchalar yanada teran ma’no kasb etadi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash-buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir.Biz o‘z oldimizga sog‘lom va keng tafakkurli, barkamol avlodni tarbiyashni maqsad qilib qo‘yar ekanmiz, buning uchun,eng avvalo, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishimiz zarur.
Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o‘rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog‘chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o‘qituvchilar yaqindan yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o‘qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o‘rganadilar. Badiiykitoblarningrasmlarini rang-barangharflarini o‘qish, o‘rganishgamuvaffaqbo‘ladilar. Ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti o‘z oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun, muhimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani qo‘yganligi bilan ajralib turadi.
Shuni e’tiborga olgan holda “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llari” mavzusini bitiruv malakaviy ishimizga asos qilib oldik. Mavzuni bugungi kun talablari asosida yoritish hozirgi kunimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling