Gadjet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning bolalar uchun zarari
Download 33.58 Kb.
|
Gadjet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning bolalar uchun zarari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ortiqcha qo‘zg‘alish va psixikaga ta’sir.
Foydalanilgan adabiyotlar: Psixologlar va ruhshunoslar bolaga ikki yoshigacha umuman mobil qurilmalarni bermaslikni, kattaroq yoshdagi bolalarning esa gadjetlar bilan o‘tkazadigan vaqtini qat’iy chegaralash lozim, deyishadi.
Gadjetlardan foydalanish bolalarga quyidagicha salbiy ta’sir etadi: 1.Uyquning buzilishi. Ingliz olimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida, smartfon va planshetlar bilan o‘ynaydiganlari boshqalariga qaraganda kamroq uxlashadi. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra, qurilma ekrani oldida o‘tkazilgan har bir soat bola uchun uyquning 15 daqiqaga kamayishi demakdir. Bir qarashda bu juda ham kam vaqt tuyuladi, ammo bolalarning to‘g‘ri rivojlanishi uchun uyquning har bir daqiqasi muhimdir1. Tadqiqotlar natijasiga koʻra, bola hayotining ilk yillarida uyqu davomiyligining qisqarishi bolaning rivojlanishida uzoq muddatli asoratlar qoldiradi. Uyqu rejimining va uyquga ketishning buzilishi keyinchalik bolaning ruhiy va jismoniy salomatligida, tafakkurning sayozlashishi, nutq faoliyatining buzlishi va darslarni o‘zlashtirishida muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, gadjet qurilmalarini uyqu oldidan ishlatish ko‘proq zarar yetkazadi. Gadjet ekranidan taraluvchi moviy nur organizmda uyqu garmoni melatonin ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi. Bu nafaqat bolalarga, balki katta yoshdagilarga ham tegishlidir. Masalan, kattalar smartfonga tobelikdan qutulishlari mumkin, ammo kichkintoylar uchun bu qiyin kechadigan jarayon. 2. Ortiqcha qo‘zg‘alish va psixikaga ta’sir. Avlodlar almashgani sayin, genlar aralashuvi tufayli, o‘ta faol bolalar soni oshib borayotganligi ko’rimiz mumkin. Gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlar kun sayin rivojlanmoqda, shu bilan birga, ko’lami ham ortib bormoqda, zamonaviy gadjetlar ekrandagi yorqin va tez almashinuvchi tasvirlar asab tizimining yirik miqdordagi ortiqcha qo‘zg‘alishlariga olib keladi, bu esa kichik yoshdagi bollarning jizzaki, qo’pol, jaxldor, agrissiv harakatlarga moyilligi ortadi. Ota-onalar ko‘pincha bolani tinchlantirish uchun unga turli xil gadjetlar berib qo‘yishadi, biroq bu bilan faqatgina boladagi g‘ayriixtiyoriy harakatchanlikni oshirayotganliklarini bilishmaydi. Shuningdek, olimlar bolalar orasidagi tajovuzkorlik va ruhiy kasallik holatlarining o‘sishini texnologiyalar bilan bog‘lashmoqda. Download 33.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling