3. Jismoniy sog‘likdagi muammolar. Bolalar uchun jismoniy faollik o‘ta muhimdir, bolaning harakatchanligi me’yoriy holat hisoblanadi. Gadjetlar esa faqat barmoqlar harakati uchungina foydali, bunda bola barmoqlaridan unumli foydalanadi. Ayniqsa, jismonan kamharakatda bo‘lgan bola egilib o‘tirgani uchun, umurtqasi qiyshiq o‘sishi va ortiqcha vazn to‘plashi, yaqqol ko‘rinib turgan salbiy holatdir.
Shuningdek, muntazam lipillab turuvchi yorqin displeyning ko‘zga zarar yetkazishini ham nazardan qochirmaslik lozim.
Gadjetlarning bola uchun yana bir katta xavfi – radiatsiya. Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan maʻlumotga koʻra, gadjetlar va internet tarmoqlariga haddan tashqari mukkasidan ketgan kichik yoshli bolalar orasida saraton kasalligi ortib bormoqda. O‘sib kelayotgan organizm nurlanishlarning salbiy ta’siriga ko‘proq beriluvchan bo‘ladi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda esa zararli smartfonlar soni oshib borayotganligi achinarli holat.
4. Muloqot ko‘nikmalarining yetishmasligi. Bolaning qo‘liga biror gadjetni berib qo‘yish orqali uning xarxashasidan qutulgan ota-ona, farzandini o‘rganish imkoniyatidan mahrum etadi. Muhim muloqot ko‘nikmalarini hosil qilish uchun, kichkintoy o‘z ota-onasi bilan ko‘rishib muloqotda bo‘lishi lozim. Bola nutqni o‘rganishi, his-tuyg‘ularni anglashi va nihoyat, shunchaki o‘z ota-onasi bilan foydali o‘yinlar o‘ynab turishi darkor.
Agarda kichkintoyning insonlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladigan vaqtini gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlarga sarflansa, bu hol kelajakda qarindoshlar bilan aloqalarga, boshqa bolalar bilan muloqotga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatga hamda hissiy intellektga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
5. Bola rivojlanishining kechikishi. Bolakaylar dunyoni anglashda asosan teginish, silab ko‘rishga asoslanishadi: ular jismlarning shakli va sirtini ushlab ko‘rish orqali o‘rganishadi. Planshet yoki smartfon yordamida kichkintoy ranglarni, harf va so‘zlarni yaxshiroq o‘rganishi – bor gap, ammo hajmli predmetlarga gadjetlar orqali teginib o‘rganish imkoni umuman yo‘q.
Maktabgacha yoshdagi ayrim bolalar rivojlanishdan orqada qolib ketganini uchratamiz; ular savod chiqarishi va darslarni o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Bular aynan bolalarning go‘dakligidanoq gadjetlarga bog‘lanib qolganliklari sabablidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |