Gadjet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning bolalar uchun zarari


Mobil qurilmalarni bola necha yoshdan ishlata boshlagani ma’qul?


Download 33.58 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi33.58 Kb.
#1048092
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gadjet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning bolalar uchun zarari

Mobil qurilmalarni bola necha yoshdan ishlata boshlagani ma’qul?
Amerika olimlarining fikricha, bolaga ikki yoshigacha smartfon yo planshet bermaslik lozim.

  • 3–6 yoshli bolalarning gadjet bilan bo‘lish vaqti sutkada, bir soatdan oshmasligini taʻminlash zarur.

  • 6–12 yashar bolalar esa, pediatrlarning fikricha, gadjetlarga bir kunda ikki soatgacha vaqt ajratishlari mumkin.

  • Microsoft asoschi, jahonning eng boy insonlaridan bir boʻlgan Bill Geyts esa to farzandlari 14 yoshga kirmagunlariga qadar ularning smartfondan foydalanishlariga ruxsat bermagan2.

Chegaralar asosli bo‘lsin. Farzandingizning gadjet va ijtimoiy tarmoqlar bilan vaqt o‘tkazishida oqilona chegaralar o‘rnatishga yordam beruvchi bir nechta tamoyilni ham inobatga oling:

  • Smartfon va planshetlar bolaning jismoniy faolligiga, real o‘yinlariga va uyqusiga xalaqit bermaydigan bo‘lishi darkor.

  • Yaxshisi, gadjetlar bilan bo‘ladigan vaqtini 15–20 daqiqa oralatib jismoniy faollik bilan almashtirib turing.

  • Uxlashga yotishdan bir necha soat oldinoq bolaning qo‘lidan gadjet va planshetlarni olib qo‘ying.

  • Farzandingiz biror nimadan asabiylashib, jazavasi qo‘zib turgan payti unga mobil qurilma bermang.

  • Shaxsiy e’tiborni, muloqotni gadjetlar orqali muloqotga almashtirmang.

Usullar va materiallar: Ota-ona bolaga gadjetlarning zararini minimallashtirish yo’lini qo’llashi lozim, ya’ni:
1. Bola maktab yoshiga yetgunga qadar gadjet texnologiyalaridan nazorat ostida, chegaralangan vaqt mobaynida foydalanishi shart.
2. Uydagi kompyuter va gadjetlarda agressiv va xulq-atvorga taʻsir qiluvchi o’yinlar umuman bo’lmasligini ta’minlash kerak, albatta, til o’rgatuvchi yoki bilim beruvchi o’yinlar bundan mustasno. Ammo ulardan ham meʻyorda foydalanishni ota-ona oʻz nazoratiga olishi darkor.

Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling