ГАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти ректори Б


Amaliyotchi: K.Abduhamidova


Download 150.5 Kb.
bet7/13
Sana30.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1413573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Abduhamidova Kibora

Amaliyotchi: K.Abduhamidova
YASHASH JOYIM (SHAHAR, QISHLOQ) NOMI VA UNING KELIB
CHIQISH TARIXI

Men Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Sarbozor MFY ga qarashli Sarbozor mahallasida yashayman. Tumanimizning nomi G‘allaorol qo‘yilishiga sabab bu yerda ko‘p bug‘doy ekilgan ekan. Avval Yangiqoʻrgʻon tumani deb yuritilgan ekan.Shu sababdan shunday nom berilgan ekan. Hozirda ham hududda juda ko‘p bug‘doy, g‘alla va arpa ekiladi.


Sarbozor deb berilishiga sabab, avval shu yerda katta bozor boʻlgan ekan.
ALLA VA UNING MOHIYATI. BESHIK TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Ona o‘z farzandining tarbiyasini o‘z qornida vaqtidan boshlashi kerak. Homiladorlik vaqtida badiiy kitoblar mutolaa qilsa, farzandi sog‘lom va aqlli bo‘lib ulg‘ayadi.Onaning kitob o‘qib turishi tug‘ilayotgan bolaning xotirasiga ham katta ta‘sir o‘tkazadi. Tug‘ilgandan so‘ng ona o‘z farzandiga alla aytadi. Alla bolaning tinch orom olishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari alla bolaning o‘z onasini yaqindan tanishi, ovoziga o‘rganishga, milliylikka, o‘z ona tiliga va Vatanga muhabbat qo‘yishga o‘rgatadi. Chunki alla o‘z onasining tilidan aytiladi va bu bolaning o‘z ona tili bilan tanishishga ilk qadam hisoblanadi. Bolaning ruhiyati, qalbiga iymon nuri va ezgu niyatlarni sola olish, ularning kelajakdagi kamolining bo‘y ko‘rsatishi ona allasiga bog‘liq.

Alla aytay, jonim bolam,


Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab asta,
Uxlab qolgin, alla.
BESHIK TO‘YI. Beshik to‘yi bizda faqat katta farzandga qilinadi. Beshik to‘yida kelinning onasi nabirasiga yangi beshik oladi va uni chiroyli qilib tuzatadi. Buvisi nabirasiga yangi va chiroyli kiyimlar olib, qarindoshi bilan qizinikiga borishadi. Chaqaloqni beshik to‘yda , ayollar yonida buvisi olib, birinchi beshikning oyoq tomoniga yotqizib, “ Shunday yotqizaymi?” deb so‘raydi. Qolganlar “ Yo‘q” , deb javob beradi. Keyin bolaning boshini beshikning o‘rtasiga yotqizib, yana so‘raydi: “ Shunday yotqizaymi?”. Atrofdagilar yana “ Yo‘q” deb javob berishadi. Keyingi safar bolaning boshini yostiqqa qo‘yib, yana so‘raydi: “ Shunday yotqizaymi?”. Atrofdagilar “ Ha” deb javob beradilar. Keyin beshikka bolani yotqizib:
Egasi keldi,
Kuchugi qoch.
Farishtalar,
Eshiging och.
Boburjonim ( chaqaloqning ismi aytiladi) keldiyo,
Beshikning egasi bo‘ldiyo.

  • Deb aytiladi va sochqi sochiladi, ya‘ni beshikning ustidan shirinliklar sochiladi.

Shu yerdagilar shirinliklarni talashib olishadi. Keyin beshikni belayotgan ayol bitta butun nonni tishlab turadi. Narigi tomondan boshqa bola ( iloji boricha o‘g‘il bola) nonni olib qochadi. Bu “ Kuchuk olib qochti marosimi” deyiladi. Keyin pichoq olib kelib, pichoqni beshikka 3 marta tekkizib, “ Har qanday balo qazoni, insu jinslarni, shaytonlarning yo‘lini kes” deb aytiladi va pichoq bolaning yostig‘ining tagiga qo‘yib qo‘yiladi. Yana bir juft kulcha bolaning bosh tarafiga “ Risqi butun bo‘lsin” deb qo‘yiladi. Bolani ko‘z tegishidan asrash uchun isiriq va qalampirni beshikning bosh tomoniga ilib qo‘yadi. Bitta oynani “ Chiroyli bo‘lsin, o‘ziga qarab yursin” deb yostig‘i ostiga qo‘yib qo‘yadi. Keyin isiriq tutatadi. Keyin birinchi kuyovning onasi, keyin kelinning onasi chaqaloqqa alla aytib, beshik tebratadi. Keyin chaqaloqqa alla aytish navbatini o‘z onasiga beradi. Ona alla aytib farzandini uxlatadi. Kelgan mehmonlarga osh tarqatib, kuzatib yuborishadi.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling