ГАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти ректори Б


Download 150.5 Kb.
bet4/13
Sana30.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1413573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abduhamidova Kibora

19- yanvar, 2023-yil

Qizlar bazmi bilan bog‘liq urf-odat va dasturlar.



Bizda qizlar bazmi marosimi qiz tomonning yaqinlari uchun o‘tkaziladi. Chunki kuyov tomonidagi to‘y marosimiga qiz tomondan ko‘p odam bora olmaydi.
Qiz uzatish marosimida qiz qo‘shni uyda o‘tiradi. Kuyov navkarlari kelishadi. Keyin kuyov navkarlari uchun “9 tovoq”marosimi bo‘ladi. Bunda kuyov va uning do‘stlari oldiga 9 xil ovqat tortiladi. Kelinning yangalari kuyov uchun 7 qavat ko‘rpacha yozib joy tayyorlaydi. Kelinning yangalari kuyovga ovqat yedirib, choy ichirishadi. Keyin kuyovning do‘stlariga ro‘molcha tarqatiladi. Bu paytta kuyovning yangalari qo‘shni uyga , kelinning oldiga borib, uyning egasiga “Tag-joy” puli beradi. Agar bu pulni bermasa qo‘shni ayol va kelin dugonalari kelinni eshikdan chiqarishmaydi. Shundan keyin kelinning ustiga ro‘mol yopilib, har tomonidan dugonalari o‘rab olib, oldida bir yanga bosh bo‘lib, qizning uyiga yor - yor aytib boriladi. Keyin kelin va kuyov bir xonaga kiritilib, mulla ularga nikoh o‘qiydi. Keyin qiz otasi bilan xayrlashib ota uyini tark etadi. Bu haqida ma‘lumotni Karimova Zebo onadan yozib oldim.

20- yanvar, 2023-yil

Nikoh to‘yi bilan bog‘liq urf-odat va dasturlar (yor-yor, kelin salom, lapar va h.k.)ni o‘rganish va tahlil qilish



Bizda sovchilikka birinchi marta kuyovning onasi, ammasi yoki xolasi boradi. Ikki tomonda ham ota-onalar rozi bo‘lishgach unashtiruv marosimi bo‘ladi. Bunda kuyovning onasi kelinga sarpo qilib, qarindoshlar bilan birga borishadi. Keyin “Non sindirish” marosimi bo‘ladi. Bunda yoshi katta erkaklar borib duo qilib non sindirishadi. Sindirilgan nonga shirinliklar qo‘shilib, tarqatiladi. Nikoh to‘yidan oldin ikkala tomon ham qarindoshlarini chaqirib, to‘y qanday, qachon o‘tishi borasida maslahat qilishadi. Bunda barcha qarindoshlar va qo‘shnilar qatnashishadi. Bu haqida batafsil ma‘lumot berib o‘taman. Bizning hududda kuyov suzilishi degan marosim mavjud emas.
Kuyov navkarlari bilan kelin tomonga borgan vaqtda kelinning yangasi kuyovga choy ichiradi va ovqat beradi. O‘sha payt kuyovjo‘ralar yangani chalg‘itish uchun hazillashadilar. Bu haqida ma‘lumotni Karimova Zebo onadan yozib oldim.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling