ГАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти ректори Б


CHAQALOQ TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR


Download 150.5 Kb.
bet8/13
Sana30.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1413573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abduhamidova Kibora

CHAQALOQ TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng 40 kun davomida chillada bo‘ladi. Chaqaloqni o‘z uyiga olib kelgan vaqtda sochqi sochiladi. Ona va bola ustidan shirinliklar sochiladi. Chaqaloq tug‘ilgandan 2 yoki 3 kun keyin kindigi tushadi. O‘shandan keyin uni birinchi marta yaxshilab yuvintirib poklanadi. Keyin chaqaloqni beshikka belaydi. Birinchi marta chaqaloqni beshikka belaganda hoji onaxon yoki chaqaloqning buvisi belaydi. Chilla vaqti orasida yoshi ulug‘, namozxon odam chaqaloqning qulog‘iga azon aytadi. 40 kun o‘tgandan so‘ng chaqaloq uchun cho‘zma va qatlama qilib tarqatiladi. Qarindoshlar bilan kichikroq qilib chilla chiqish marosimi o‘tkaziladi.
BOLANING TUSHOVINI KESISH MAROSIMI
Bola 1,2,3 yoki 4 yoshida ham yurmasligi mumkin. Mana shunday vaqtda bolaning yurishiga yordam berish uchun tushov kesish marosimi o‘tkaziladi. Bunda oq va qora ipni olib, ikkalasini bir biriga chilvir qilib birlashtiriladi va bolaning oyog‘iga iks qilib bog‘lanadi. Shu tarzda bolani turg‘azib oyoqlari orasidan kulcha yumalatadi. Bu marosim bolaning ertaroq yurib ketishi uchun o‘tkaziladi.
SUNNAT TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR

Sunnat qilinayotgan bolaning onasi to‘yga tayyorlanadi. Buvilari sunnat qilinayotgan bolaga sarpo tayyorlaydi. Bolani sunnat qilishdan oldin “supra ochdi” marosimi o‘tkaziladi. Bu marosimda yoshi katta onaxon suprani ochib, unga konfet qo‘shib elaydi. Shu yerdagilar konfetlardan niyat qilib olishadi. Keyin uyni egasi kelgan mehmonlarning har biriga mato ulashadi. Mehmonlar matoni olishdan avval supraga bosh urib ya‘ni supraga bosh qo‘yib, niyat qiladi va keyin uy egasi bergan matoni oladi. Supradagi unni sunnat qilinayotgan bolaning onasiga beradi. Bu unni ayol olib qo‘yadi. To‘ydan 3 yoki 4 kun o‘tib, mana shu undan kulcha va bog‘irsoqlar tayyorlab, qo‘shni va qarindoshlarga tarqatadi. Bu paytda erkaklar shifokor chaqirtirib bolani sunnat qilishadi. Shu yerdagilar “ Musulmonchilik muborak!” deb bir-birlarini tabriklaydilar. To‘yda kelgan mehmonlarga osh tarqatib kuzatiladi.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling