G`alla va dukkakli o`simliklarni standartlashtirish


Download 114.49 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi114.49 Kb.
#1506621
Bog'liq
G`ALLA VA DUKKAKLI O`SIMLIKLARNI STANDARTLASHTIRISH


G`ALLA VA DUKKAKLI O`SIMLIKLARNI STANDARTLASHTIRISH
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘simlik yetishtirish bilan bog‘liq har qanday faoliyatning asosiy maqsadi mo‘l hosil olishdan iborat. Ekinlarning hosildorligi asosan 3 ta omilga bog‘liq: nav 35–40 foiz, to‘g‘ri amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar 30–35 foiz va o‘simlik o‘sish hamda rivojlanishi davridagi ob-havo sharoiti hosildorlikning 25–30 foizini ta’minlaydi. Bundan tashqari, tuproqning xususiyatlari, navlarni to‘g‘ri tashlash, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish kabilar ham bu borada o‘z salmog‘iga ega.Hosilini oshirish bo‘yicha mamlakat miqyosidagi rejalar Respublikamizda 2022–2026-yillar davomida boshoqli don ekinlarini yetishtirishda suv ta’minoti og‘ir maydonlarga suv tejovchi yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, kelgusi 5 yilda 165 ming gektar maydonga kengaytirish hisobiga boshoqli don hosildorligi gektaridan 5–7 sentnerga oshiriladi.Qolaversa, g‘o‘za qator oralariga aniq me’yorlarda va bir xil chuqurlikda ekadigan 2600 dona seyalkalar sotib olinib, respublika bo‘yicha 45 ming tonna urug‘lik tejashga erishiladi.Don sifat ko‘rsatkichlarini oshirish asosan ekish oldi va o‘simlik vegetatsiya davrida berilayotgan mineral ozuqaga bog‘liq. Shundan kelib chiqib, ayrim sabablarga ko‘ra ekish oldidan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar berilmagan g‘alla maydonlariga g‘allaning tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida makro va mikroelemetlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar bilan bargidan suspenziya usulida ishlov berish zarur (necha marotaba va qanday o‘tkazish haqida – quyiroqda).G‘allazorlardagi begona o‘tlar mineral o‘g‘it, suv va havoni g‘allaga nisbatan 2 barobar ko‘proq iste’mol qiladi. Shuning uchun fermer xo‘jaligi rahbari yoki klaster agronomlari har kuni ertalab, g‘alla ekilgan maydonlarni diogonal bo‘yicha yurib, begona o‘t turlari aniqlash zarur. Begona o‘t turlaridan kelib chiqib, tavsiya etilgan gerbitsidlar bilan ishlov berish zarur.Bug‘doyning naychalash davrida makro va mikroelementlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar bilan bargdan suspenziya usulida oziqlantirishni 2 marta o‘tkazish hamda kasallik, zararkunanda hashoratlarga qarshi kurash ishlarini tashkil etish zarur.G‘allani boshoqlash davrida gektariga 150–200 kg.dan azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, makro va mikroelementlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar bilan barg orqali suspenziya usulida ishlov berish, g‘alla boshoqlash davrida don shakllanishi va sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oziqlantirilgan g‘alla maydonlarni sharbat usulida sug‘orish berilgan

Download 114.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling