Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar


Kaliy bixromat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi


Download 28.83 Kb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi28.83 Kb.
#216090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15 lab ishi Galogenlar Galogenlarning vodorodli birikmalari Galogenlarning 181020130959

Kaliy bixromat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi.

Probirka tagiga ozroq maydalangan kaliy bixromatdan soling va uning ustiga 37%li xlorid kislota eritmasidan ozroq quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.



2. Xlorli ohak bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi.

Probirkaga ozroq xlorli ohakdan soling va unga 20%li xlorid kislotasi eritmasidan quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.


3. Xlorning suyuqlanishi.

Xlorning xossalarini o‘rganish uchun marganes (IV) oksid bilan xlorid kislotasini reaksiyaga kirishtirib xlor oling.

Buning uchun 50 ml hajmdagi kolbaga 10 g marganes (IV) oksid soling va unga oksidning sirti qoplanguncha konsentrlangan xlorid kislotasidan quying. Gaz ajralib chiqishi sekinlashganda kolbaning tagini sekin qizdiring. Bu usul bilan olingan xlor nima bilan ifloslanadi? Uni tozalash uchun tutgichga qanday modda solish kerak?

Beshta 25 ml bankalarni xlor bilan to‘ldiring va shisha plastinkalar bilan ustini berkiting. Bankalarni gaz bilan to‘ldirish vaqtida bankaning ochiq joyi shisha plastinka yoki qog‘oz bilan berkitilishi kerak. Xlorning rangini ko‘rish uchun oq qog‘ozdan ekran qiling. Bankalarga yig‘ilgan xlorni keyingi tajribalarni o‘tkazish uchun olib qo‘ying.



Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling