Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar
Download 28.83 Kb.
|
15 lab ishi Galogenlar Galogenlarning vodorodli birikmalari Galogenlarning 181020130959
5. Xlorning birikmalari.
Vodorod xlorid va uning suvda eruvchanligi. Vodorod xlorid olish uchun qurilma yasang. Kolbaga 5-6 g natriy xlorid va 10-12 ml 70%li sulfat kislota eritmasini joylashtiring. U-simon trubkaga suvsiz kalsiy xlorid joylashtiring. 25-50 ml li qalin devorli shisha idishni ajralib chiqayotgan vodorod xloridi bilan to‘ldiring. Idish to‘lganini qanday bilamiz? Idishni kapillyarli probka bilan berkiting. Kapillyar idish ichiga kirishi kerak. Idishning tagini tepaga qilib ag‘daring va uning tomog‘ini suvli vannaga botiring, kuzatilgan hodisani tushintiring. Vodorod xloridning suvda eruvchanligi qanday?
a) 4-5 ml distillangan suvni xlor bilan to‘yintiring. Ehtiyotlik bilan hosil bo‘lgan eritmaning rangini va xidini aniqlang. Xlorli suvda qanday moddalar mavjud? Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan xlorli suvni indigo eritmasiga va bo‘yalgan matoga ta’sirini o‘rganing. Nimani kuzatdingiz? Qanday modda oqartirish ta’siriga ega? b) Probirkaga 2-3 ml xlorli suv soling va unga tomchilatib natriy gidroksid eritmasidan quying. Olingan eritmani xidlang. xlorli suvning rangi va xidining yo‘qolishini qanday tushintirish mumkin? Xlor va suv o‘rtasidagi muvozanat reaksiyasining siljishiga ishqor qanday ta’sir ko‘rsatadi? Probirkaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan kislotali muhit hosil bo‘lguncha quying va yana xidlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Hodisani tushuntiring. Javel suvining olinishi va xossalari. 5-7 ml kuchli sovitilgan (-100) kaliy gidroksidining 10%li eritmasidan vodorod xloriddan tozalangan xlorni o‘tkazing. Eritmali idishni muz va sovitgich aralashma solingan stakanga tushiring. Reaksiya tugganligini qanday isbotlash mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan eritmani indigo va bo‘yalgan matoga ta’sir ettiring. Nimani kuzatdingiz? Kaliy gipoxlorit eritmasi barqarormi? Karbonat kislotasi gipoxlorit kislotasining tuzlaridan uni siqib chiqara oladimi? Gipoxlorit va karbonat kislotalarning dissotsilanish konstantalarini solishtiring.
2 g toza so‘ndirilgan ohakga 10-15 ml suv quying va yaxshilab aralashtiring. Olingan aralashmani suv bilan sovitilgan kichkina stakanga soling va undan vodorod xloriddan tozalangan xlorni (buni qanday qilish mumkin) 10-20 min. davomida o‘tkazing. Xlorli ohakning to‘yingan eritmasini tayyorlang. Buning uchun olingan moddaning bir qismini 10 ml suv bilan aralashtiring va erimagan moddalarni filtrlab ajrating. Olingan eritmadan ozgina olib indigoga va bo‘yalgan matoga ta’sirini o‘rganing. Olingan eritmaning bir qismiga 1n sulfat kislota eritmasidan kislotali muhit hosil bo‘lguncha quying va ehtiyotlik bilan xidlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Bertole tuzi. Stakanga 5 ml kaliy gidroksidning to‘yingan eritmasidan (50%li) quying, uni qizdiring va vodorod xloriddan tozalangan xlor o‘tkazing. Reaksiyaning tugallanganligini qanday bilish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing. Ajralgan kristallarni filtrlovchi tubi bo‘lgan voronkada filtrlang va oz miqdordagi kuchli sovitilgan suv bilan yuving. Olingan modda Bertole tuzi ekanligini qanday isbotlash mumkin? Bertole tuzining xossalari. (Tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin). a) Kichkinagina farfor idishga Bertole tuzining bir necha kristallini soling va ehtiyotlik bilan 3-4 tomchi 96%li sulfat kislotasi eritmasi bilan namlang. Nimani kuzatdingiz? Bunda qanday hodisa sodir bo‘ldi? Reaksiya tenglamasini yozing. b) 0,5 g. mayda kristalli bertole tuzini tortib oling va ehtiyotlik bilan teng miqdordagi yaxshilab maydalangan shakar bilan shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Aralashmani tigel qopqog‘iga ehtiyotlik bilan soling (mo‘rili shkafda) va uni 2-3 tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi eritmasi bilan namlang. Nimani kuzatdingiz? O‘tkazilgan tajriba Bertole tuzining qanday xossasini namoyon qiladi?
Download 28.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling