Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar


Download 28.83 Kb.
bet4/11
Sana05.01.2022
Hajmi28.83 Kb.
#216090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15 lab ishi Galogenlar Galogenlarning vodorodli birikmalari Galogenlarning 181020130959

4. Xlorning xossalari.

Kolbaga 3-5 g kaliy permanganat tuzidan soling. Tomizgich voronkaga 36%li xlorid kislota, silindrga esa natriy xloridning to‘yingan erimasidan quying. Eritmali silindrning vazifasi nimadan iborat?

Yuvgichga ozroq kons. (96%li) sulfat kislota eritmasidan quying. Asbobning gaz o‘tkazgich trubkasini quruq muz bilan (karbonat angidrid) sovitilayotgan probirkaga tushiring. Voronkadan tomchilatib xlorid kislotasini quyib, xlorning bir xil tezlik bilan ajralishini ta’minlang. Gazni qabul qiluvchi idishda 2-3 ml suyuq xlor yig‘ilganidan so‘ng, asbobni yuvgichdan ajrating.

Nima uchun bu qurilmada suv bo‘lgan yuvgich qo‘yilmagan? Suyuq xlor vodorod xlorid bilan ifloslanadimi?


Xlorning kristallgidrati.

Oldingi tajribadagi asbobdan foydalaning. G-simon trubkani 5-10 ml suvi bo‘lgan probirkaga tushiring. Probirkani muzli stakanga tushiring va undan xlor gazini o‘tkazing. Nimani kuzatdingiz? Hosil bo‘lgan kristallgidratning tarkibi qanday?


Xlorning metallar bilan ta’sirlashishi.

1. Qog‘ozga ozgina surma kukunidan soling va oldingi tajribada yig‘ilgan xlorli bankalarning birini oching hamda surma kukunini sekin-astalik bilan bankaning ichiga seping. Qanday hodisa ro‘y beradi? Reaksiya tenglamasini yozing.

2. Qisqich bilan misning yupqa plastinkasini (folga) yoki ingichka mis simlarining bir nechtasini oling va gaz alangasida qizdirib, tezda xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
Xlorni metallmaslar bilan ta’sirlashishi.


  1. Yoqish uchun mo‘ljallangan qoshiqchaga ozroq qizil fosfor soling, uni yoqing va xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Ikkita probirka oling. Ularning birini xlor bilan, ikkinchisini Kipp apparatidan foydalanib, vodorod gazi bilan to‘ldiring. Probirkalarning og‘zini barmog‘ingiz bilan berkitib, ularni shunday birbiriga yaqinlashtiringki, xlorli probirka tepada bo‘lsin. Probirkalarni ajrating va tezda alangaga tuting. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing. Qanday gaz hosil bo‘layotganini qanday bilash mumkin?


Xlorning murakkab moddalar bilan reaksiyasi.

  1. Filtr qog‘ozni olib, uni bir necha tomchi yangi tayyorlangan skipidar bilan namlang va qisqichda ushlagan holda xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Yoqish uchun mo‘ljallangan qoshiqchaga sham bo‘lagini (donachasini) mahkamlang va uni xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz?

Tajriba tugagandan so‘ng bankaga namlangan lakmus qog‘ozini tushiring. Reaksiya natijasida qanday mahsulotlar hosil bo‘ldi?


Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling