Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar
YODNING BIRIKMALARI. Vodorod yodidning olinishi va xossalari
Download 28.83 Kb.
|
15 lab ishi Galogenlar Galogenlarning vodorodli birikmalari Galogenlarning 181020130959
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodat kislotasi
YODNING BIRIKMALARI. Vodorod yodidning olinishi va xossalari
1. Probirkaga 1-2 g yod va 0,5 g qizil fosfor soling. Tomizgich voronkasiga bir necha ml suv soling. Boshqa probirkaga 3-5 ml suv soling. Trubkaning teshigi priyomnikning suv yuzasiga iloji boricha yaqinroq turishi kerak. Nima uchun uni suvga tushirib qo‘yish mumkin emas? Tomizgich voronkasidan ehtiyotlik bilan bir tomchi suvni tomizing va qanday hodisa ro‘y berishini kuzating. Kuchli reaksiya sodir bo‘lishi tugaganidan so‘ng tomizgich voronkasidan yana suv tushirish mumkin. Barcha suv tushirilgandan so‘ng probirkani qizdirish kerak. Qanday gaz ajraladi? U suvda yaxshi eriydimi? Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan eritmani lakmusga sinab ko‘ring. Uni metallarga munosabatini o‘rganing (rux, magniy). Uchta probirkaga 1 ml dan yodid kislotasining erimasidan quying va birinchi probirkaga natriy atsetat va qo‘rg‘oshin atsetat eritmalaridan quying, ikkinchisiga 1-2 tomchi kumush nitrat eritmasidan, uchinchisiga kichikroq marmar bo‘lakchasidan tashlang. Barcha jarayonlar uchun reaksiya tenglamalarini yozing. 2. Probirkaga ozgina kaliy yodid soling, unga 60%li ortofosfat kislotasidan quying va kuchsiz qizdiring. Qanday gaz ajraladi? Reaksiya tenglamasini yozing va uning sodir bo‘lishini tushuntiring. Fosfat kislotasini sulfat kislotasi bilan almashtirish mumkinmi? Shunga mos keladigan reaksiyani o‘tkazing va reaksiya tenglamasini yozing. Galogenvodorodlarning qaysi biri eng kuchli qaytaruvchi? Galogenvodorodlarni barqarorlik qatoriga joylashtiring. Galogenvodorodlar molekulasining barqarorligini o‘zgarishini ion va atom radiuslariga bog‘liqligini tushuntiring. Galogenvodorodlarning dipol qiymatlari qanday?
Konussimon kolbaga 1-2 g temir qipig‘idan yoki qaytarilgan temirdan, 25 ml suv va hisoblangan miqdorda yod soling. Aralashmani yod to‘la erib ketguncha kuchsiz qizdiring. Suyuqlikni boshqa kolbaga soling, uni qaynaguncha qizdiring va qaynab turgan eritmaga 20 ml suvda 7 g eritilgan potash eritmasini asta-sekin quying. Nimani kuzatdingiz? Cho‘kmaga tushgan modda nima? Reaksion aralashmani tiniq eritmada temir qolmaguncha qizdiring (buni qanday tekshirish mumkin?). Eritma hajmini doimiy ushlab turing. Reaksiya tugaganidan so‘ng cho‘kmani filtrlab ajrating va eritmani suv hammomida yupqa parda hosil bo‘lguncha bug‘lating. Tushayotgan kristallarning tarkibi qanday? Eritmani 00gacha soviting, kristallarni Byuxner voronkasi yordamida ajrating va qurituvchi shkafda quriting. Ayni tajribada sodir bo‘ladigan barcha reaksiya tenglamalarini yozing. Yodat kislotasi (tajribani mo‘rili shkafda o‘tkazing) Chinni kosachaga 1 g yod tortib oling, unga hisoblangan miqdorda zichligi 1,5 gG‘ml bo‘lgan kons. tutovchi nitrat kislotasidan quying. Chinni kosachani suv hammomiga quying va kuchsiz qizdiring. Nitrat kislotasining qaynash temperaturasi nechaga teng? Suv hammomi temperaturasini necha gradusdan oshirmaslik kerak? Chinni kosachadagi moddalarni yod to‘la erib ketguncha qizdiring. Faqat yodning rangi yoqolgandan so‘ng suv hammomini qaynaguncha qizdiring va chinni kosachadagi moddani quruq modda qolguncha bug‘lating. Quruq qoldiqqa 5 ml suv quying va yana bug‘lating. Bu jarayon nima uchun o‘tkaziladi? Olingan moddani probirkaga soling. Reaksiya tenglamasini yozing. Download 28.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling