Galvanik elementlar. Standart elektrod potensiali
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Standart elektrod potensiallari
Download 8.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqGalvanik elementlar. Standart elektrod potensiali-fayllar.org
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Standart elektrod potensiallari
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatoriga vodorod ham joylashtirilgan bo’lib, u qaysi metallar kislotalarning suvdagi eritmalaridan vodorodni siqib chiqaraolishini aniqlashga imkon beradi. Bu qator elektrokimyoviy sistemaning tutgan o’rni hamdaoksidlovchi-qaytaruvchi qobilyatini xarakterlaydi. Elektrod jarayonida ishtirok etuvchi hamma moddalarning majmuasi elektrokimyoviy sistema deb tushuniladi. Standart elektrodlar potensiallari qatori oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari- ning borish yo’nalishini aniqlashga imkon beradi. Agar elektrokimyoviy sistemadan galvanik element tuzilsa, elektronlar manfiy qutbdan musbat qutbga o’ta boshlaydi, ya’ni kichik elektrod potensialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistemadan kattaroq elektrod potensialiga ega bo’lgan sistemaga o’tadi. Bundan birinchi sistema qaytaruvchi, ikkinchi sistema esa oksidlovchi vazifasini bajaradi. Galvanik elementlarda oksidlovchi sifatida nisbatan yuqori elektrod potensialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistema ishtirok etsa, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi o’z-o’zidan boradi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo’nalishi amalda oksidlovchi va qaytaruvchining qatorda o’zaro joylanishiga bog’liqdir. Masalan, rux (Eo = –0,763 V) misni (Eo = + 0,337 V) uning tuzlari eritmalaridan siqib chiqara oladi. http://fayllar.org Download 8.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling