Якуний умумий хулоса.
3.1. Иш якунларини чиқаради. Фаол ўқувчиларни баҳолаш мезонлари орқали рағбатлантиради
3.2. Тавсия этилган муаммо ечимларига изоҳ беради. Яна бир бор “Кейс-стади”нинг аҳамиятига атрофлича тўхталиб ўтади
|
Эшитади.
Аниқлайди
Тинглайдилар
|
2.6
|
“Ona tili va adabiyot” fanidan “Adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari ” mavzusi bo’yicha kеys-stadi.
Nabiyeva M., Tayloq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji
|
I.Pedagogik annotatsiya
O’quv fani : Ona tili.
Mavzu: Adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik sabablari
Keysning asosiy maqsadi:
Adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari hamda bunga ta’sir etuvchi omillar haqida. Bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri ekanligini ko`rib chiqish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
adabiy til me`yorlarini ko`rsatib berish,
nutq madaniyatini bilmaslik sabablarini aniqlash;
til elementlarini ishlatilishida adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik nutqning toza bo’lishiga to’sqinlik qilishi;
muammoli vazifalarni yechishda nazariy bilimlarini qo’llash;
muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan o’quvchilar quyidagi bilim va qunikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
O’quvchi bilishi kerak:
Adabiy til me`yorlari nutq madaniyati, oldiga qo`yiladigan talablar mantiqiylik, to`g`rilik, notiqlik san`ati, tasirchanlik, jozibadorlik, obrazlilik, nutqning tozaligi, savodxonlik, orfoepiya, nutqiy mashq.
O’quvchi amalga oshirishi kerak: mavzuni mustaqil o’rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g’oyalarni ilgari suradi; ma`lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi; o’z nuqtai nazariga ega bo’lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o’quv ma`lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma`lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
O’quvchi ega bo’lmog’i kerak: kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko’nikmalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
Qo`ng’urov .R, Karimov S. O’zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Samarqand, 1984 y.
Qilichev E; Qilichev B Nutq nadaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2001 y.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhasiz bo’lib, vaziyat davriy ketma
ketlikda o’tmishdan bugungi kun tartibida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’yekti shaxsga yunaltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo’lib, ma`lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |