Gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar undalma


Download 21.84 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1276542
1   2   3   4
Bog'liq
55-mavzu

Undalma va uslubiyat
Undalmalar gapning boshqa-boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli, uning gapdagi o‘rni erkin bo‘ladi. Undalma gapning boshida, o‘rtasida, oxirida kelishi mumkin. Undalmalar so‘zlashuv, badiiy, publitsistik, qisman rasmiy uslubda ishlatiladi, ular ilmiy uslubda ishlatilmaydi.
Undalma gapning qayerida kelishiga ko‘ra alohida-alohida vazifa bajaradi. Jumladan:
a) agar undalma gap boshida kelsa, ularda undash, chaqirish, murojaat, xitob kuchli bo‘ladi. Bunda tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilish maqsad qilib olingan bo‘ladi. Masalan: Opa, urma qalbimga tikan.
b) agar undalma gapning o‘rtasida, ayniqsa, gap oxirida kelsa, ularda undashdan tashqari iltifot, moyillik, xohish-e’tibor, minnatdorchilik, muhabbat, nafrat kabi hissiy munosabatlar, uslubiy bo‘yoqning turli darajalari ifodalanadi: Yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov.


MAVZUGA OID SAVOLLAR:
1.Qanday bo`laklar undalma deyiladi?
2.Undalmalarning ajratilgan bo`laklardan farqi nimada?
3. Undalmali gaplarda nutq , asosan, nechanchi shaxsga qaratilgan bo`ladi?
4. Undalmali gaplarning kesimi qanday shaklda bo`ladi?
5. Undalmalar gapning qaysi o`rnida keladi?
6. Undalmalarning ega bilan o`xshash jihati nimada?
7. Undalmalar qaysi xususiyati bilan egalardan farq qiladi?
8. Undalmalar undov so`zlar bilan qo`llanganda qanday tinish belgisi qo`yiladi?
9. Undalmalarning tarkibiga ko`ra qanday turlari mavjud?
10. Qanday undalmalar yig`iq undalma hisoblanadi?
11.Yoyiq undalma nima?
12. Undalmalar qanday so`zlar bilan ifodalanishi mumkin?
13. Qaysi uslubda undalmalar umuman qo`llanmaydi?
II.MAVZUGA OID MASHQLAR:
1-mashq. Berilgan gaplardagi undalmalarni toping va ularning nimaga qaratilganligini aniqlang.
1.Nimalar haqida surasan xayol, so`yla, majnuntol? 2. Yoshlik! Seni kuylamagan kim? 3. Yonib yasha, to tanda jon bor, Quyosh bo`lgin, azizim, Quyosh! 4. Asabga zo`r bermang, odamlar! 5. Ilhomimning ilk mevasini – senga tutdim, ayb etma, o`rtoq. 6. Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o`ldum?
2-mashq. Berilgan gaplardagi undalmalarni toping va tinish belgilarini o`z o`rniga qo`ying.
1.Xullas o`rtoq rais aylasangiz imdod, men sizga haq gapni aytaman tikka. 2. Ey ko`hna Sharqimizning hech so`nmas mash’alasi noming kabi mustahkam, poydor bo`l hamisha. 3. Toshkentim oftobsan Sharqda nur sochgan. 4. Azizim payt keldi, ko`nglim yoraman, insonman, sen horsang men ham horaman. 5. Ey g`ofil sarkash deb meni kamsitma, g`anim senga emas, menga pand bergan. 6. Shoshmagin ey karvon to`xtagin biroz so`zlayin ezgulik, shafqat otidan.
3-mashq. Berilgan gapdagi undalmalarni aniqlang.
1.- Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o`sha cho`qqida quchganman zafar. 2. Insondan o`zgani demasman , do`stim. 3. Bizlarni bir yo`qlab kelibsan, vafo qilurmisan, bahorim?! 4. Amirzodam, har bir daqiqa g`animat. Xos navkarlaringiz otlangan. Hammasi farmoyishingizga muntazir. 5. Hazratim, taxtingiz pastki oshiyonda. 6. “Siz menga farzanddek yaqin bo`lmoqchimisiz, Mirzo?” – so`radi Shayboniyxon muloyim tovush bilan.
4-mashq. Gaplarni o`qing, undalmalarni aniqlang.
1.Ey farzand, agar sen har qancha notiq bo`lsang ham, o`zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so`z bilimdonligi vaqtida bekor bo`lib qolmagaysan. 2.Ey farzand, o`zingni mol jam qilishdan g`ofil tutma, ammo halollik bilan mol to`plashga harakat qil. 3. Yiroq-yiroq tushsa, insondan inson, bu holning sharhiga ne deysan , ey jon! 4. Endi bandalarga o`zing qil shafqat. Ey oliy joziba – sirli Muhabbat! 5. Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon, avval onalarning ochgin yo`llarin. 6. Faqat ayriliqdan asragin, yo Rab, do`st-u yoronlardan qilmagin judo. 7. Kimdir payg`ambardan so`radi kelib: - ayo Rasululloh, aylagil javob.


Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling