Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


I. Holning ma’no jihatdan turlari


Download 59.6 Kb.
bet10/17
Sana31.01.2024
Hajmi59.6 Kb.
#1833208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili-fayllar.org

I. Holning ma’no jihatdan turlari Holning ma’no jihatdan asosiy turlari 6 tadir, ya’ni: a) ravish holi; b) o’rin holi; d) payt holi; c) daraja-miqdor holi; e) sabab holi; f) maqsad holi. 1. Ravish holi 1. Ravish holi vaziyat holi yoki tarz holi deb ham nomlanadi. 2. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajaralishini bildiradi. 3. Ravish holi qanday qilib? qanday? qay holda? qanday vaziyatda? qay tarzda? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 4. Ravish holi kesimga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. Demak, u ko’pincha o’zi ergashgan so’zdan oldin keladi. 5. Ravish holi quyidagicha ifodalanadi: a) holat ravishi bilan M: Mashina yangi asphalt yo’lda tez yurib ketdi. b) fe’l (ya’ni fe’lning ravishdosh shakli bilan) M: Shoir shamning uchini avaylab kesdi.d) ko’makchili otlar bilan M: Gulnor uning so’zlarini diqqat bilan tingladi. e) ravish xarakteridagi sifat bilan M: Chorasiz qolgan yigit dardli xo’rsindi. f) ravish xarakteridagi olmosh bilan M: Shunday yashangki, hamma senga havas qilsin. g) taqlid so’zlar bilan M: Pishgan mevalar duv-duv to’kildi. h) o’xshatish shaklini olgan so’zlar bilan M: Senday yashamayman, pastkashlar kabi yalinmayman. i) sifatdosh+holda (yo’sinda, tarzda) shakli bilan M: Hamdam yig’lagan holda narigi uyga kirib ketdi. j) undov so’zlar+deb, deya shakli bilan M: “Oh” deb yiqildi.
2. O’rin holi
1. O’rin holi ish-harakatning bajarilish o’rnini bildiradi. 2. O’rin holi qayerga? qayerda? qayerdan? qayergacha? qay tomonga? qayoqqacha? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. O’rin holi o’zi ergashgan so’zga boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi. 4. O’rin holi quyidagicha ifodalanadi: a) o’rin ravishlari bilan M: Biz mustaqilligimiz belgilagan yo’ldan olg’a boramiz. b) makon-zamon kelishiklari, ya’ni jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari yoki –gacha chegara shaklini olgan so’zlar bilan. M: Tevarakda chumchuqlar tinimsiz chirqillashardi. d) qadar, dovur, tomon, sari, qarab, bo’ylab kabi ko’makchili otlar bilan M: So’zlay-so’zlay keksa bog’bon gulzor sari boshladi meni. 5. Kam hollarda o’rin holi tarkibida jo’nalish kelishigi belgisiz qo’llanishi mumkin M: Ket desang, Qashqar ketay, Yo’lda yolg’izlik yomon.
3. Payt holi
1. Payt holi ish-harakat, holatning bajarilish paytini bildiradi. 2. Payt holi qachon? qachongacha? qachondan boshlab? qay vaqtda? qay mahal? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
3. Payt holi ko’proq quyidagicha ifodalanadi: a) payt ravishlari bilan M: Erta-indin bu cho’llar ham chamandek yashnaydi. b) son birikmalari bilan M: 1945-yil 9-may g’alaba salyutlari jahonni qoplagan. d) makon-zamon kelishiklari, ya’ni jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari qo’shimchalari yoki -gacha chegara shaklini olgan so’zlar bilan M: Yozda havo issiq bo’ladi. Bahorgacha bu ishlarga ulgurishimiz kerak.
e) ravishdosh yoki ravishdoshli birikmalar bilan M: Qosh qorayguncha yetib borishimiz kerak.
f) dovur, qadar, sayin, buyon, so’ng, keyin, oldin, boshlab kabi ko’makchilarni olgan otlar bilan M: O’sha kundan beri oromim yo’q.Ular bundan besh yil ilgari tanishgan ekanlar. (bundan besh yil ilgari, o’sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so’z birikmalari gapda yaxlitligicha bitta gap bo’lagi vazifasida olinadi)
g) ma’lum Grammatik vositalarni olgan sifatdosh yoki harakat nomi shakli ham payt holini yuzaga keltiradi. M: Qaytayotganda bolalarni bog’chadan oldi. Dorini yotishimda icharman. 4. Kam hollarda payt holi tarkibida o’rin-payt kelishigi belgisiz qo’llanishi mumkin. M: Sahar ketar cho’pon tog’iga.

Download 59.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling