Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili
Download 59.6 Kb.
|
Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Sabab holi
- 6. Maqsad holi
4. Daraja-miqdor holi
1. Daraja-miqdor holi ish-harakatning miqdori va darjasini bildiradi. 2. Daraja-miqdor holi qancha? qay darajada? qay miqdorda? nechta? necha marta? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi. 3. Daraja-miqdor holi quyidagicha ifodalanadi: a) daraja-miqdor ravishlari bilan M: Paxta to’g’risida ko’p yozdi. b) son bilan M: Eshikni ikki-uch marta tepdi. d) marta so’zi qatnashgan birliklar bilan M: Shu gapni yuz marta takrorlading. e) darajada, miqdorda kabi maxsus so’zlar qatnashgan birliklar bilan M: Tlab qilingan darajada ishlay olarmikinsiz? f) ayrim otlarni takror qo’llash yoki ot+bilan shakli orqali ham daraja-miqdor holi hosil bo’ladi. M: Guruchni qopi bilan oldik. Guruchni qop-qop oldik. 5. Sabab holi 1. Sabab holi ish-harakatningyuzaga kelish sababini bildiradi. 2. Sabab holi nimaga? nima uchun? nima sababdan? nima sababli? nima tufayli? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi. 3. Sabab holi quyidagicha ifodalanadi: a) –lik, -sizlik qo’shimchalarini olgan otlardan keyin chiqish kelishigi yoki sabab ma’nosini ifodalovchi sababli, tufayli, uchun ko’makchilarini keltirish orqali. M: Suvsizlikdan bu maydonlarga ilgari ekin ekilmagan. Go’lligi sababli har joyda pand yeydi. b) –gan sifatdosh shaklidan keyin chiqish kelishigi yoki sabab ma’nosini bildiruvchi sababli, tufayli, uchun ko’makchilarini keltirish orqali . M:Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi. Odil uyalganidan qizarib ketdi. d) shuningdek, sanoqli sabab ravishlari orqali. M: Muattar bu taklifga noiloj ko’ndi. e) ba’zan ravishdoshning –(i)b, -a, -y, -may, -masdan shakllari ham sabab holini yuzaga keltirishi mumkin. M: U bu mudhish voqeaga chiqay olmay dag’-dag’ titrar edi.6. Maqsad holi 1. Maqsad holi ish-harakatning maqsadini bildiradi. 2. Maqsad holi nima maqsadda? nima qilgani? nima uchun? qay maqsadda? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. Maqsad holi quyidagicha ifodalanadi: a) maqsad ravishdoshi bilan M: Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqib ketishdi. b) ot yoki fe’l shakllaridan keyin deb, uchun, maqsadida, niyatida, maqsadi bilan, niyati bilan kabi so’zlarni keltirish orqali M:Qoratoy do’stining dom-daragini surishtirish uchun yelib yugurdi. d) jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan ish oti (harakat nomi) orqali M: O’quvchilar dam olishga shiyponga kelishdi. e) shuningdek, sanoqli maqsad ravishlari bilan M: Ertalb atayin sizni izlagan ekan. Download 59.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling