Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Ot kesim va ega orasida tire ishlatilmaydigan holatlar


Download 59.6 Kb.
bet8/17
Sana31.01.2024
Hajmi59.6 Kb.
#1833208
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili-fayllar.org

Ot kesim va ega orasida tire ishlatilmaydigan holatlar Ot kesim va ega orasida quyidagi hollarda tire ishlatilmaydi: 1. Ot kesim tarkibida bog’lamalar, kesimlik qo’shimchalari bo’lsa, tire qo’yilmaydi. M: Ilm insonning ko’rkidir. 2. Kesim sifat, ravish kabi belgi bildiruvchi so’zlar, olmoshning ayrim turlari, tartib sonlar, bor, yo’q kabi modal so’zlar, taqlid so’zlar bilan ifodalanganda ham tire qo’yilmaydi. M: El notinch, odamlarning yuzlari sertashvish. 3. Ega kishilik olmoshi bilan ifodalanganda tire qo’yilmaydi. M: Men talabaman. 4. Ega va kesim orasida esa, bo’lsa, ham kabi yordamchi so’zlar qo’llanilgan bo’lsa yoki kesim tarkibida yuklama qo’llanilgan bo’lsa, tire ishlatilmaydi. M: Karim – talaba. Anvar ham talaba. Sharif esa ishchi. Ahmad talabami? 5. Ega va kesim orasida tire qo’yilishi kerak bo’lgan o’rinda undalma yoki kirish bo’laklar qo’llanilsa, tire tushib qoladi, chunki undalma va kirishlar qoida bo’yicha 2 tomondan vergul bilan ajratiladi. M: Zokir ota – tajribali paxtakor. Zokir ota, shubhasiz, tajribali paxtakor.
To’ldiruvchi
1. Gapning biror bo’lagiga (ko’pincha kesimga) boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uni to’ldirib kelgan 2-darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi. 2. To’ldiruvchi bog’lanib kelgan so’z to’ldirilmish deyiladi. 3. To’ldiruvchi tarkibida tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilar bo’ladi. 4. To’ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo’lgan fikr ravshanlashadi. M: Odam mehnatda sinaladi. Bu gapda mehnatda bo’lagi yordamida so’zlovchining niyati to’la ochilgan. 5. To’ldiruvchini quyidagicha tasnif qilish mumkin: a) hokim bo’lakdan anglashilgan harakatga munosabatiga ko’ra; b) tuzilishiga ko’ra; d) kesimga to’gridan to’g’ri bog’lanish-bog’lanmasligiga ko’ra.
I. Vositali va vositasiz to’ldiruvchi 1. To’ldiruvchi hokim bo’lakdan anglashilgan harakatga munosabatiga ko’ra 2ga bo’linadi: a) vositali to’ldiruvchi; b) vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi jo’nalish, chiqish kelishigi, ba’zan o’rin-payt kelishigi qo’shimchalari yordamida hosil bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi esa tushum kelishigi orqali hosil bo’ladi. 3. Vositali to’ldiruvchi 2 xil bo’ladi: a) kelishikli vositali to’ldiruvchi b) ko’makchili vositali to’ldiruvchi Vositasiz to’ldiruvchi esa faqat kelishikli to’ldiruvchi sanaladi. 4. Demak: - kelishikli to’ldiruvchi vositali yoki vositasiz to’ldiruvchi bo’ladi; - ko’makchili to’ldiruvchi esa faqat vositasiz to’ldiruvchi bo’ladi. 5. Vositali to’ldiruvchi kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kim to’g’risida? nima to’g’risida? kim uchun? nima uchun? kim orqali? nima orqali? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi esa kimni? nimani? ba’zan qayerni? qaysisini? qanaqasini? nechtasini? qanchasini? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 6. Vositali to’ldiruvchi belgili qo’llaniladi. Vositasiz to’ldiruvchi o’zi bog’langan bo’lak bilan yonma-yon turganda belgisiz qo’llanishi mumkin. M: Pazandasi yopadi shirmon, Qarilari kutadi mehmon. 7. Vositali to’ldiruvchi bog’lanib kelgan so’z, ya’ni to’ldirilmish ko’proq fe’l, ba’zan fe’l bo’magan so’zlar bilan ifodalanadi, chunki jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi hamda ko’makchilar ismlarni ko’proq fe’lga, ba’zan fe’l bo’lmagan so’zlarga bog’lash uchun xizmat qiladi. Vositasiz to’ldiruvchi bog’lanib kelgan so’z, ya’ni to’ldirilmish hamma vaqt o’timli fe’l va uning shakllari bilan ifodalanadi, chunki tushum kelishigi ismlarni faqat fe’lga bog’lash uchun xizmat qiladi. M: Oyni etak bilan yopib bo’lmas. Mehmon otangdan ulug’. 8. Vositali to’ldiruvchi o’timli fe’lga ham, o’timsiz fe’lga ham bog’lana oladi. Vositasiz to’ldiruvchi esa faqat o’timli fe’lga bog’lanadi. M: Bu kitobni ukamga oldim. Yoki: Undan ranjidi. Demak, o’timli fe’lga ham vositasiz to’ldiruvchi, ham vositali to’ldiruvchi bog’lanib kelishi mumkin. O’timsiz fe’lga esa faqat vositali to’ldiruvchi bog’lanadi. 9. To’ldiruvchini yuzaga keltiruvchi Grammatik shakllar o’zaro sinonim bo’lishi, ya’ni biri o’rnida ikkinchisi qo’llanishi mumkin. Jumladan, vositasiz to’ldiruvchini hosil qiluvchi tushum kelishigi o’rnida unga sinonim sifatida chiqish kelishigi qo’llanishi mumkin. Bunda tushum kelishigi orqali butun, chiqish kelishigi orqali qism ma’nolari ifodalanadi. M: kamchiliklarni gapirmoq – kamchiliklardan gapirmoqYoki: Kechada o’tmish voqealaridan bahs ketdi. Qishloqqa avtobusda ketadigan bo’ldim. 10. To’ldiruvchining ikkala turi ham ot, otlashgan so’zlar, ot xarakteridagi so’zlar bilan ifodalanadi, chunki kelishik va ko’makchilarni olish shularga xos.

Download 59.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling