Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Download 186.5 Kb.
bet13/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

Sifatlovchi aniqlovchi 1. Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, shakli, maza-ta’mi. rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatadigan aniqlovchi turiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. 2. Sifatlovchi aniqlovchi qanday? qanaqa? qaysi? nechanchi? nechta? qancha? qachongi? qayerdagi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 2. Sifatlovchi aniqlovchi bog’lanib, tobe bo’lib kelgan so’z sifatlanmish deb ataladi. 4. Sifatlovchi o’z sifatlanmishiga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. 5. Demak, sifatlovchi aniqlovchi – sifatlovchi, aniqlanayotgan predmet – sifatlanmish, sifatlovchi va sifatlanmish munosabati – sifatlovchili birikma sanaladi. 6. Sifatlovchi aniqlovchi, asosan, belgi bildiruvchi so’zlar bilan, sifatlanmish esa, asosan, ot, umuman olganda, fe’l bo’lmagan so’zlar bilan ifodalanadi. 7. Sifatlovchi aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi: a) sifat bilan M: Uning zayrak ko’zlarida horg’inlik bor edi.
b) son bilan M: Bizning maktabimizda 850ta o’quvchi o’qiydi. d) olmosh bilan M: Shabada ana shu ajoyib gullarning g’unchalarini yozmoqda. e) sifatlashgan ot bilan M: Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. f) ravish bilan M: Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig’ila boshladi. g) sifatdosh bilan M: Esayotgan shabada ko’nglillarni quvontiradi. h) modal so’z bilan M: Zarur ishlarimizni bitirdik.
i) taqlid so’z bilan M: Gurs-gurs ovoz uzluksiz eshitilib turardi. j) undov so’zlar+degan shakli bilan M: Ichkaridan Abduqodirning “tss” degan tovushi eshitildi.
8. Sifatlovchi aniqlovchilar ham barcha gap bo’laklari singari tuzilishiga ko’ra murakkab bo’lishi, ya’ni kengaygan birikmalar yoki turg’un bog’lanmalar bilan ifodalanishi mumkin. M: Madamin bo’yniga qo’yilgan aybnomani tan olmadi.Boshi qotgan Toshpo’lat Qumrinisa bilan maslahatlashdi. Yoki: Yuzida bilinar-bilinmas chechak izi qolgan, keng peshanali, sochlari o’ng tomonga silliq taragan journalist shoirga qaradi.
9. Sifatlovchi aniqlovchilarning uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, ular ba’zan majoziy ma’no (ko’chma ma’no) kasb etishi mumkin. M: zumrad bahor, kumush qish, temir iroda, shirin xotira, achchiq haqiqat, sovuq xabar
10. Sifatlovchi aniqlovchilar ba’zan predmet yoki shaxslarning belgisini qabartirish, ortiq darajasini ko’rsatish uchun xizmat qilishi mumkin.
Bunda turli usullardan foydalanish mumkin. Jumladan: a) sifatlarni takrorlash, ya’ni tavtalogiya yo’li bilan M: Uzun-uzun arg’amchi yerda yotsa maylimi? b) sof yoki shartli sinonimlarni keltirish orqali M: Hayotdek go’zal, musaffo, ilhombaxsh tilimizni sevaylik. d) bir necha so’zning birikuvidan hosil bo’lgan yoyiq sifatlovchilarni qo’llash orqali bilan M: aqlli yigit – aqli raso yigit baland tog’lar – osmon o’pgan tog’lar

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling