Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Gap bo’laklarning odatdagi tartibi va inversiya


Download 186.5 Kb.
bet16/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

Gap bo’laklarning odatdagi tartibi va inversiya
1. O’zbek tilida gap bo’laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin bo’lsa-da, ular gapda ma’lum Grammatik qoidalar asosida o’rinlashadi. Jumladan: a) odatda, gapda ega va unga bog’langan bo’laklar oldin keladi; b) kesim va unga bog’langan bo’laklar keyin keladi; d) ega ko’proq gap boshida, kesim esa gap oxirida keladi; e)to’ldiruvchi va holning kesimdan oldin, aniqlovchining egadan oldin joylashuvi odatdagi me’yor sanaladi. f) izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin kelishi mumkin. 2. Lekin nutqda gap bo’laklarining odatdagi tartibi hamma vaqt ham saqlanavermaydi. Agar gap bo’laklarining odatdagi tartibi o’zgarsa, inversiya deb nomlanadi. M: Umring sening o’qilmagan kitobdir. Yoki: Bosdim tikanni bilmayin. 3. Inversiya badiiylik, ifodalalilik, ta’sirchanlikni ta’minlash maqsadida qo’llanadi. 4. Inversiya gap bo’laklarining o’rin almashtirishi mazmun va sintaktik tuzilishga ta’sir qilmaydi. Agar gap bo’laklarining o’rin almashtirishi mazmun va sintaktik tuzilishga ta’sir qilsa, bu inversiya emas, balki gapni qayta qurish hisoblanadi. M: Katta bola gapirdi – bola katta gapirdi. Yoki: Sog’ligim – boyligim – boyligim – sog’ligim. 5. Gap bo’laklarining odatdagi va o’zgargan tartibining nutqda o’z qo’llanish o’rinlari bor: - odatdagi tartib ilmiy asarlar uslubi uchun xos; - o’zgargan tartib og’zaki nutq uchun va badiiy, ayniqsa, she’riy nutq uslubi uchun xos. Litsey darsligida ko’rsatilishicha: odatdagi tartib so’zlashuv va ilmiy uslublarga xos; - gap bo’laklari tartibining o’zgarishi badiiy va qisman publitsistik uslub uchun xos.
Gap urg’usi
1. Ma’lumki, urg’uning 2 asosiy ko’rinishi bor: a) so’z urg’usi b) gap urg’usi. 2. So’z urg’usi leksik urg’u deb ham nomlanadi. U so’zdagi bo’g’inlardan biriga tushadi va fonetikada o’rganiladi.
3. Gap urg’usi logik urg’u, ma’no urg’usi, mantiqiy urg’u vafrazaviy urg’u deb ham nomlanadi va sintaksisda o’rganiladi. 4. Gapda so’zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko’rsatilgan bo’lakning kuchli ohang bilan aytilishi
Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling