Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Download 186.5 Kb.
bet15/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

Izohlovchi aniqlovchi
1. Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko’rinishi bo’lib, I shaxs yoki narsani boshqacha nom bilan aniqlydi. 2. Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo’lak izohlovchi aniqlovchi sanaladi. 3. Izohlovchi bog’lanib kelgan so’z izohlanmish sanaladi. 4. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlovchili birikma deyiladi. 5. Izohlovchi izohlanmishga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. 6. Izohlovchilar quyidagicha ma’nolarni izohlab keladi: a) izohlovchilar, asosan, amal, kasb, martaba, unvon, lavozim, mutaxassislik, qarindoshlik, millat, jins, laqab, taxallus, yosh, nasl-nasab, shaxsning aqliy yoki jismoniy tomonlari kabi ma’nolarni bildiradi. Bunda, odatda, turdosh ot atoqli otni izohlab keladi. M: - kapitan Mansurov - shifokor Muslimov - direktor Matyoqubov Ba’zan turdosh ot turdosh otni izohlab kelishi mumkin. M: - ingliz muhandis - erkak o’qituvchi Ba’zan atoqli ot atoqli otni izohlab kelishi mumkin. M: - Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek - Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat Bu kabi izohlovchilar, asosan, ajratib yoziladi. b) ba’zan izohlovchi va izohlanmish o’rtasida o’xshatish munosabati ifodalanishi mumkin. Bunda: - nima o’xshatilgan bo’lsa, o’sha – izohlanmish; - nimaga o’xshatilgan bo’lsa, o’sha – izohlovchi sanaladi. M: Sahnaga dasta-dasta gul ko’targan qizchalar – gulchalar chiqishdi. Yoki: Biz quyoshmiz, bizga tob berolmay, fashizm-jinchiroq, albat, so’narsan. Litsey darsligida ko’rsatilishicha, izohlovchilar o’xshatish va taxallus ma’nosini ifodalasa, izohlovchi va izohlanmish orasida tire qo’yiladi. M: Hayotning poyonsiz ummoni ichra. Bor shunday g’ariblar – temirlar hissiz. Yoki: Erk kuychisi – Cho’lpon she’rlarini sevib o’qiyman. d) ba’zan izohlovchi bilan izohlanmish umumiy va aniq ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bunda: - umumiy ma’noli so’z – izohlanmish; - aniq ma’noli so’z – izohlovchi sanaladi. M: vrach-pediator, kosmonavt-uchuvchi, psixolog-o’qituvchi Bunday izohlovchilar chiziqcha bilan yoziladi. e) gazeta,jurnal, badiiy, musiqiy va kino asarlari, teatr, maktab va shu kabilarning nominibildiruvchi atoqli otlar ham izohlovchining bir turi sanaladi. M: “Yoshlik” jurnali, “Darakchi” gazetasi Bunda atoqli ot turdosh otni izohlab keladi. Bunday izohlovchilar bosh harf bilan qo’shtirnoq ichida, ba’zan qo’shtirnoqsiz yoziladi. Bunday izohlovchili birikmalarning o’ziga xos tomoni shundaki, izohlanmish tarkibida egalik qo’shimchasi bo’ladi, ammo u qaratqich kelishigi talab qilmaydi. 7. Izohlovchi ham, izohlanmish ham, asosan, ot so’z turkumi bilan ifodalanadi. Ba’zan izohlovchilar otdan boshqa so’z turkumi bilan ifodalanishi mumkin. M: Toshpo’lat tajang, Jalil sovuq, Juma pishiq 8. Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin kelishi mumkin. M: General Rahimov, mayor Qodirov; Sobir amaki, Xadicha xola 9. Izohlovchi va izohlanmishning o’rnini almashtirish, odatda, mazmun va sintaktik tuzilishga ta’sir qilmaydi. M: shaxmatchi Rahmatilla – Rahmatilla shaxmatchi usta Qodir – Qodir usta10. Ammo quyidagi holatlarga alohida e’tibor berishimiz kerak. M: ayol hamshira – hamshira ayol Bunda 1-misolda ayol so’zi izohlovchi bo’lib, u jins ma’nosini,2-sida esa hamshira so’zi izohlovchi bo’lb, u kasb ma’nosini ifodalayapti. 11. Izohlovchi-izohlanmish munosabati sifatlovchi-sifatlanmish munosabatiga o’xshaydi, ya’ni ikkalasi ham bitishuv yo’li bilan yuzaga keladi. Leki ular qanday so’z bilan yuzaga kelishiga ko’ra farq qiladi, ya’ni: - sifatlovchi aniqlovchi, asosan, sifat va sifatlashgan so’zlar bilan ifodalanadi. Demak, u sifat+ot ko’rinishida bo’ladi. – izohlovchilar esa, asosan, ot bilan ifodalanadi. Demak, u ot+ot ko’rinishida bo’ladi. 12. Izohlovchilarning uslubiy xususiyati shundaki, ular ijobiy yoki salbiy bo’yoqlarni ifodalashda keng ishlatiladi. M: Ona quchdi kelini-bahorini erkalab. Hamla qilding fashist-itga.

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling