Gap bo'laklari. So'Z kengaytiruvchilar va gap kengaytiruvchilar reja: So’z kengaytiruvchilar 2


Download 61 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi61 Kb.
#1281911
1   2   3   4
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI. SO\'Z KENGAYTIRUVCHILAR VA GAP KENGAYTIRUVCHILAR

Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o’tadi: 1.Ipaklari tillodan do’ppi tikdim - Do’ppi tikdim, ipaklari tillodan. 1.Yalang oyoq Qobil bobo dag’-dag’ titraraydi - Qobil bobo, yalang oyoq, dag’ - dag’ titraydi.

Gapning boshqa turdagi kengaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan kengaytiruvchila grammatik shakl va sintaktik mavqe jihatidan sifat o’zgarishi kasb etmaydi.



Ajratilgan ega. Izohlovchi ta‘kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: 1.Dotsent Jumaev Tursunali ilmiy safarga jo’nadi - Jumaev Tursunali, dotsent, ilmiy safarga jo’nadi. 2.Kapitan Mamedov so’z oldi - Mamedov, kapitan, so’z oldi.
Quyidagi gaplarda eganing o’zi ajratilgan: Siz, yoshlar - bizning umidimizsiz. Bunda yoshlar so’zshaklini ajralmish egadan oldinga o’tkazib bo’lmaydi. Ajratilgan ega izohlovchidan oldin bo’lganda uning o’rnini almashtirish mumkin: Jumaev dotsent - dotsent Jumaev kabi.
Ajratilgan hol. Bunda gapning bo’lagi ma‘nosi juda ham aniq bo’lmagan, umumiy so’zshakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma‘nosi nisbatan muayyan va tor bo’ladi: Qishda, chillada, bo’rilar odamga ham hamla qiladi.
Ajralmish holsiz ajratilgan hol bo’lishi mumkin. Sharipov, hayolga cho’mib, bozorga qarab ketmoqda edi. Bundagi ajratilmishni ajratish-ta‘kid deb atash mumkin.
Ajratilgan to’ldiruvchi. Ajratilgan to’ldiruvchi ko’pincha olmoshning ma‘nosini izohlaydi: Kecha kunduz seni, vafodorimni, o’ylayman.
Ajratilgan bo’laklar tahlilida yana quyidagilarga e‘tibor berish lozim.
1.Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z yoki uyushiq so’zlar ajratilgan bo’lishi mumkin:
Salim va Shavkat - sinfdoshlar, yo’lga tushishdi.
Sinfdoshlar - Salim va Shavkat yo’lga tushishdi.
Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Salim va Shavkat uyushiq so’zlari ajratilgan kengaytiruvchilardir.
Ajratilgan bo’laklarni aniqlashda tartib muhim rol o’ynaydi. Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi:
1)U shaharga, Qarshiga ketdi.
3)U Qarshiga, shaharga, ketdi.
Birinchi gapda Qarshiga, ikkinchi gapda shaharga so’z shakllari ajratilgan birliklardir.
Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo’lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, qo’lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta‘tilga chiqar ekan.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling