Ifoda maqsadiga ko’ra va bu maqsad bilan bog’liq bo’lgan intonatsiyaga ko’ra gaplar uchga bo’lib o’rganiladi: a) darak gap. b) so’roq gap. v) buyruq gap - Ifoda maqsadiga ko’ra va bu maqsad bilan bog’liq bo’lgan intonatsiyaga ko’ra gaplar uchga bo’lib o’rganiladi: a) darak gap. b) so’roq gap. v) buyruq gap
- Emotsionallikka ko’ra gaplar ikki turga bo’linadi: emotsional gaplar yoki undov gaplar va emotsional bo’lmagan gaplar. Darak, so’roq, buyruq gaplar darak, so’roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo’lmagan gaplar deb yuritiladi. Yuqorida sanab o’tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan emotsional gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi.
- Tuzilishiga ko’ra gaplar sodda va qo’shma bo’ladi. Gaplarning bunday bo’¬linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarning soniga, miqdoriga asoslanadi.
- 1. Sodda gaplar. Bunday gaplar bir struktura asosidan, ya’ni bir ega va bir kesim markazidan tashkil topadi. Ikkinchi darajali bo’laklar esa ana shu 2 markaz atrofida jamlanadi. Masalan: Bog’da bulbul sayraydi.
- 2. Qo’shma gaplar. Ikki struktura asosidan, ikki predikativ birlikdan tashkil topadi. Masalan: Bog’da bulbul sayraydi, ko’nglim guldek yayraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |