Darak gap. - So’zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to’g’risida xabar berishi yoki ma’lum predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yoki inkor qilinishini ifodalovchi gap darak gap deyiladi.
So’roq gap.
So’zlovchining o’ziga noma’lum bo’lgan biror voqeani suhbatdoshidan bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap so’roq gap deyiladi. So’roq gaplar asosan, dialog nutqqa xos bo’lib, tinglovchidan biror faktning inkor yoki tasdiq qilinishini talab etadi.
Buyruq gap.
Buyruq, iltimos, taklif, xohish, o’git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil ma’no ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gaplar har xil intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Qat’iy buyurish, talab anglatuvchi gaplar ancha past va mayin ohang bilan talaffuz qilinadi. Tinch ohang bilan aytilgan buyruq gaplar oxiriga yozuvda nuqta qo’yiladi. Kuchli emotsiya bilan talaffuz qilingan gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi.
Istak gaplarda biror-bir narsa haqida istak, xohish, orzu kabi tuyg’ular aks ettiriladi. Bunday gaplarning kesimi shart maylidagi (-sa affiksli) fe’llar bilan ifodalangan bo’ladi: Qani endi, A’zamjon ham shunaqa bo’la qolsa edi. Istak gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi.
Istak gap.
Undov gap.
Darak, so’roq, buyruq gaplar kuchli intonatsiya bilan ifoda qilinishi mumkin. Undov gap maxsus intonatsiya bilan gapning boshqa turlaridan farq qiladi, ya’ni kuchli intonatsiya bilan aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |