Gap haqida umumiy ma'lumot


Download 219.89 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

Undov gaplar
Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi.
Masalan: Men etim o’sganman, ox u etimlik. (G.G).
Darak, so’roq, buyruq gaplar ham mahsus intonasiya bilan aytilib, undov gapga o’xshab, so’zlovchining ichki his-hayajonini, voqeylikka bo’lgan turlicha munosabatlarni anglatishi ham mumkin. Ammo u turdagi gaplarda asosiy etakchi ma’no darak, so’roq, buyruq ma’nolaridir. Shuning uchun ham ular intinasiya bilan gapga aylanib ketmaydilar.
Undov gaplarda ichki his-hayajon, so’zlovchining voqelikka bo’lgan munosabati ifodalanadi. Shuningdek, undov gaplarning tuzilishida o’ziga hos struktura va Grammatik belgilar mavjud.
Undov gaplarning tuzilishi.
Undov gaplar quyidagi vositalar yordamida tuziladi:
1. Qanday, qaysi, qanaqa, qancha, necha, shuncha, shunday kabi emotsional kuchaytiruv ma’nosidagi olmoshlar:
Tun nega bu qadar uzun! (Ask.M.).
2. Undov so’zlar: E, baxtlarni balog’atga etkazgan ona! (X.O.).
3. Ana, mana yuklamalari: Ana tantana-yu, mana tantana!- dedi.(A.K.).
So’z, so’z birikmalar ham undov gap xosil qiladi. Eh, xo’rlik qursin! (O). Tavba! (A.K.). Astag’firulloh… (U). Barakalla Ortiq! Qoyilman, polvon inim.
4. Maxsus intonatsiya: Tamom! Endi nima bo’lsa bo’ldi! Endi buning gapiga qarang! (B.P.). Bu tipdagi gaplar shaklan darak, so’roq, buyruq gap bo’lsalar ham, mazmunan kishilarning ichki his-tuyg’ularini ifodalaydi va maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Shu bois bunday gaplar undov gap sanaladi.
Undov gaplarning ma’no turlarui.
Undov gaplar quyidagi emotsional ma’nolarini ifodalaydi:
1. Taajjub: Ajab zamona ekan! (O). Tavba! (O).
2. Tashakkur va Rag’batlantirish. Otangga rahmat! (A.K.).
3. Xayratlanish: Sensan har narsadan mo’tabar aziz! (U).
4. Zavqlanish, shodlik mamnunlik: polvon nima! (O).
Judas oz, juda yaxshi! (B.P.).
5. Orzu-umid: Xudo baxtingni bersin, o’g’lim! (O).
6. Muxabbat: Uning ko’zi oldida Nuri! (O).
7. Achinish: Ey, o’zingni, xolatingni bilmagan Asrorqul! (A.K.).
8. Kinoya: Yangi kasb qulluq bo’lsin, boyvochcha! – dedi O’rmonjon. (A.K.).
9. G’azab, nafrat: Bu qanday maynabozchilik! (O).

Xulosa
“O‘zbek tilida ritorik so‘roq gaplar va ularning lingvistik xususiyatlari” tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
Ma’lumki,tilshunoslikda gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi

  1. Darak gaplar

  2. So‘roq gaplar

  3. Buyruq gaplar

  4. Undov gaplar

So‘roq gaplar quyidagi yirik guruhlarga bo‘linadi:

  1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qaerga borasan? Bunday so‘roq gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani og‘zaki nutqda ohang ko‘rsatadi.

  2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi.

3.So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan bu- yurish ottenkasini ham beradi.
So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatikohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi aniq bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi (bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi
Xulosa o‘rinida shuni aytish mumkinki, ritorik so‘roqda javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi.
Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”). Yashirin inkor mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir.


Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling