Gap haqida umumiy ma'lumot


Download 219.89 Kb.
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

1. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn istitutiga bultur kirgan? 2. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  1. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  2. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  3. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  4. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

Bu gapning kesimiga -mi elementini qo‘shsak, unda so‘roqning
Dastlabki to‘rt so‘zdan biriga tushishi uchun, odatda, elementlarning tartibini o‘zgartirish lozim bo‘ladi (bu haqda “gap bo‘laklarining tartibi” bahsida so‘zlanadi).
So‘roqning intonatsiya yordami bilan ifodalanishiga ko‘pincha so‘roq yuklamasi bilan tuzilgan so‘roq gapning boshqa yo‘l bilan (ayrim ottenka bilan) berilishini ko‘rsatadi. Mustaqil so‘roq so‘zlarning ma’nosini, odatda, yolg‘iz intonatsiya bilan ifodalab bo‘lmaydi: so‘roq olmoshi shunga mazmuni mos keladigan so‘zni— javobni talab qiladi:— kim keldi? Student.— Qayoqqa ketdi?—Institutga. Lekin bormadingiz? Tipidagi so‘roq gaplarda intonatsiyaning roli ayrimdir (ottenka boshqacha).
Grammatik vositalar ishlatilmay, intonatsiyaning o‘zi bilan tuzilgan so‘roq gapni har vaqt -mi elementi yordami bilan tuzilgan so‘roq gapga almashtirib bo‘lmaydi: so‘roq gapning ba’zi turlarida -mi elementini qo‘llab bo‘lmaydi.
So‘roq intonatsiyaning o‘zi bilan bildiriladigan gaplarda: 1) ba’zan so‘roqni bildiradigan so‘z aytilmaydi, lekin gap intonatsiya yordami bilan so‘roq gap bo‘la beradi. Misollar:— otingiz? (otingiz nima?)—ahvolingiz? (ahvolingiz qalay?)—bola-chaqa? (bola-chaqa qalay?); 2) ba’zan kesimi buyruq mayli formasidagi fe’l bilan ifodalangan buyruq gap (bunday gapning ham mazmun ottenkalari ko‘p) intonatsiya yordami bilan so‘roq gapga o‘tadi. Masalan: ...yo‘l bo‘lsin? Aniqki, bu o‘rinda so‘roq intonatsiyasi -mi yuklamasining funksiyasini bajarmaydi.
So‘roq gaplarda logik urg‘uli bo‘lak ba’zan ega-kesim tartibining o‘zgarishini talab qiladi. Chog‘ishtiring:— bu nima?— nima bu? Demak, so‘roqning turli ottenkalarini ifodalashda so‘z tartibining ham roli bor, logik urg‘u tartib bilan ham bog‘liqdir.
So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi).
So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi (U shunday kitoblar olgan edi? Gapini aytib ko‘ring).


Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling