Gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishi
Download 80 Kb.
|
Gapda so\'zlarning o\'zaro bog\'lanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Soz birikmasi.
Masalan: Biz har doim sevikli Prezidentimiz I.A. Karimovning amaliy rejalariga sodiqmiz.
Bu gapdagi I.A.Karimov rejali birikmasidagi qaralmish qaratuvchi bo'lakning qaratqich kelishigini olib kelishini, bu bo'lak ega qaralmishining egalik qo'shimchasini olib kelishini talab qilayapti. Bunda xar ikki bo'lak bir-biriga tobe ham xokimdir. Shu bilan birga qaratuvchi va qaralmish aloqasidagi olmoshning qaysi shaxs va sonda kelishiga qarab, qaralmish vazifasidagi so'z o'sha shaxs va sondagi egalik affiksini oladi. Qaralmish esa, o'sha shaxs va sondagi qaratqich kelishigida kelgan olmosh bilan munosabatga kirishadi. Mana shu ma'noda shunday bog'lanishni moslashuv deb xisoblash mumkin. Masalan. Mening kitobim, sening kitobing, ularning kitoblari kabi. Boshqaruv tobe so'zining xokim so'z talab qilgan formani olishdir. Masalan: Odam mexnatda sinaladi. (Maqol). Elektor chiroqlari ko'chalarni ravshan qilib yubordi. Bu misolda xokim so'z (sinaladi, ravshan qilib yubordi) tobe so'zning (mexnatda, ko'chalari) o'rin, tushum kelishigida kelishini talab qilayotir. Bog'lanishning bu turida xokim so'z boshqaruv deyiladi. Boshqaruvchi nomini asosan fe'l bajaradi. Zulfiya maktab bog'ida ochilgan gullarni uzib, mexmonlarga taqdim etdi. Bu gapda boshqaruvchi vazifasini ochilgan, uzib va taqdim etdi fe'llari bajarib kelayotir. Ayrim xollarda sifatlar ham boshqaruvchilik ro'lini bajarishi mumkin. Masalan: Po'lat toshdan qattiq. Axmo do'st yovdan yomon. (Maqol). Bularda sifat bilan ifodalangan kesim (qattiq, yomon) so'zidan oldin kelgan so'zning chiqish kelishigida (o'limdan, yovdan) kelishini talab qilayotir. Boshqaruv ko'makchi konstruksiya shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan: Men shaxarga ukam bilan bordim. Bunda ukam bilan bordim birikmasida boshqaruvchi (ukam bilan) ko'makchili konstruksiya orqali ifodalangan. Bitishuv. So'z birikmasining bitishuvli birikmasida xokim va tobe so'z o'zaro so'z tartibi hamda oxang yordamida munosabatga kirishadi. Masalan: Oppoq paxta. A'lochi o'quvchi. Ilg'or paxtakor... birdan g'azablanmoq kabilar. Bitishuv quyidagi bog'lanishlarda uchraydi: 1. Sifatlovchi bo'lib kelgan so'zlar bilan otning bog'lanishi. Masalan: Intizomli talaba xar joyda o'rnak. Ikki ariqning o'rtasi kichkina maydon edi. Bu gaplarda sifatlovchi vazifasida kelagn sifatlar (Intizomli, kichkina) va son (ikki) otlar bilan bitishuv yo'li orqali bog'langan. 2. Xol bo'lib kelgan ravish, ravish bilan felning bog'lanishi. Masalan: Biz olimpiyadada g'olib chiqish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz birikmasida ravish (astoydil) fe'lga (harakat qilmoqdamiz) bitishuv yo'li bilan bog'langan. Ko'm-ko'k bahor osmoni Dadajonning ko'ziga xadsiz yaylovdek yarqirab ko'rindi. (I.R). Bunda ravishdosh (yarqirab) bilan fe'l (ko'rindi) ning aloqasi bitishuvdir. 3. So'z birikmasi. Tushunchalar orqasidagi turli munosabatlarni iroda qilish uchun grammatik jihatdan o'zaro birikkan ikki va undan ortiq so'z, so'z birikmasi deyiladi. Masalan: Kitobni o'qimoq, ukamning do'sti, soy bo'ylab yurmoq, yangi bino, tiniq suv kabi. So'z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so'zlar o'zaro sintktik munosabatga kirib murakkab tushunchani bildiradi va boshqa gap bo'lagi bo'lib keladi. Masalan: Katta ariq, chiroyli bino, oltinning qiymati, beshinchi sinf kitobi kabi. So'z birikmasi mustaqqil so'zlarning o'zaro munosabatiga kirishuvidan xosil bo'ladi. Ko'makchi so'zlar esa o'zi bog'langan xisoblanadi. Odatda, so'z birikmasida ergash so'z va bosh so'z mavjud. Oldingi so'z ergash so'z, keyingi so'z esa bosh so'z xisoblanadi. Masalan: Kalxozning bog'i, chiroyli bino, dala tomon bormoq, ukam uchun oldim kabi. So'z birikmasi moslashuv, boshqaruv, bitishuv usuli bilan hosil bo'ladi. So'z birikmasi turg'un birikmalardan farq qiladi. Turg'un birikmalar til birligi bo'lib, bir butun holda leksik ma'no ifodalaydi. Uning komponentlari o'zaro jipslashgan holda quyma shaklda bo'ladi va boshqa so'z birikmalarni tuzishda ishtrok etmaydi. So'z birikmasi esa nutq birligi bo'lib, uning komponentlari o'z ma'nolarini saqlagan holda leksik ma'no ifodalaydi va boshqa so'z birikmalarani hosil qilishda ishtrok etishi mumkin. So'z birikmalari gapdan farq qilishi kerak. So'z birimasi tushuncha ifodalab, atash ohangi bilan aytiladi. Gap esa fikr ifodalab, tugullangan ohang bilan aytiladi. So'z birimasi ikki va undan ortiq mustaqil so'zdan hosil bo'ladi, gap esa birgina so'zdan hosil bo'lishi mumkin: Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling