Gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishi


Download 80 Kb.
bet4/5
Sana17.02.2023
Hajmi80 Kb.
#1205886
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gapda so\'zlarning o\'zaro bog\'lanishi.

Masalan: Soy bo'ylab bormoq-so'z birikmasi.
Dala. Atrofda ish qizg'in.
Yoki: -Ertaga mashg'ulotga borasanmi?
-Xa.
Bu misollarda dala va xa so'zlari gapdir. Shuningdek, so'z birikmasi tobe-xokim modelida, gap esa xokim-tobe modelida hosil bo'ladi.
Qiyos qiling: Yangi bino-Bino yangi. So'z birikmalarini tashkil etgan bo'laklarning o'z aloqasi o'zgarishi, ulardan qo'shma so'zlar kelib chiqishi mumkin.
Masalan: Belning bog'i-bel-bog'
Oshning qozoni-osh qozoni kabi.
So'z birikmasi tarkibidagi sintaktik aloqalar tubandagi yo'llar bilan yo'qola boradi:
1). Ayrim so'z birikmalarida sintaktik aloqalarning yo'qolishi bilan unday birikmalar bir so'z (qo'shma so'z) shakliga keladi. So'z birikmasi ma'no va strukturasiga ko'ra bir so'zga aylanadi, bitta umumiy urg'uga ega bo'ladi, yozilishda ham o'zgarish vujudga keladi.
Masalan: Otboqar, kungaboqar, Soykeldi, Yangiqo'rg'on, Beshariq, ko'zoynak, baqaterak, Oqtepa kabilar.
2). Ba'zi so'z birikmalarida komponentlar o'rtasidagi sintaktik aloqaning susayishi bilan bunday birikmalar predmet, hodisa, ma'lum proseslarning nomini bildiradi, ammo har bir komponent o'z mustaqil urg'usini saqlaydi. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq, kuyi chirchiq, O'rta Osiyo kabilar.
Biroq tildagi bunday faktlar xali qo'shma so'zlar bo'lmaydi, shu bilan birga, ular to'liq ma'nodagi so'z brikmalari ham hisoblanmaydi.
4. So'z birikmalarining tasnifi.
So'z birikmalari quyidagi belgilari asosida qilinadi:
1.So'z birikmalari komponentlarining grammatik tabiatiga ko'ra.
2.So'z birikmalarining strukturalariga ko'ra tasnif qilinganda, xokim bo'lakning qaysi so'z turkumidan ekanligi, tobe bo'lakning sintaktik vazifasi asosga olinadi.
So'z birikmalari xokim so'zining qaysi so'z turkumidan ekanligiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:
1.Otli birikma.
2.Fe'lli So'z birikma.
3.Ravishli So'z birikma.
4.Sifatli So'z birikma.
5.Modal so'zli So'z birikmasi.
1.Otli So'z birikma. Bu til So'z birikmalarining xokim so'z vazifasida ot, otlashgan so'zlar keladi. Bu quyidagicha ko'rinishlariga ega:
-Xokim so'z vazifasida ot keladi: Uzoqdan kattabino ko'rindi.
-Xokim so'z vazifasida olmosh keladi: Zulfiyaning o'zi keldi.
-Xokim so'z vazifasida otlashgan son keladi: Talabalarning uchtasi musobaqada g'olib chiqdi.
-Xokim so'z vazifasida sifatdosh keladi: Musobaqada g'olib chiqqanlarga mukofat berildi.
-Xokim so'z vazifasida undov keladi: Uzoqdan jangchilarimizning urasi eshitildi.
-Xokim bo'lak vazifasida taqlid so'z keladi: Uzoqdan bombalarning gumbir-gumbiri eshitildi.
Otli so'z birikmasining komponentlari moslashuv, boshqaruv usulida birikadi.
2. Fe'lli so'z birikmalari. Bu tip so'z birikmalarda xokim so'z vazifasida sof fe'l va ravishdosh keladi.
Xokim so'z vazifasida sof fe'l keladi: Odina har doim kulib gapiradi.
3. Ravishli so'z birikmasi: Buning xoyeim bo'lagi vazifasida ravish keladi. O'tloqda bedana ko'p, dangasada bahona ko'p.
Fe'l so'z brikmalari o'zaro boshqaruv va bitishuv, ravishli so'z birikmalari esa, o'zaro boshqaruv yo'li bilan birikadi.
4. Sifatli so'z birikmalari. Bu tip so'z birikmalarining xokim bo'lagi sifat bilan ifodalanadi.Komponentlari boshqaruv yo'li bilan birikadi.
Masalan: Odam temirdan qattiq, guldan nozik.
5. Modal so'zli so'z birikmalari. Bunda so'z birikmalarining xokim so'zi vazifasida modal so'z keladi. Komponentlari o'zaro boshqaruv yo'li bilan aloqaga kirishadi. O'zingda yo'q, olamda yo'q.
So'z birikmalari tobe so'zning sintaktik vazifasiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:
1.To'ldiruvchili so'z birikmasi. Buning tobe bo'lagi to'ldiruvchi vazifasida keladi va komponentlari o'zaro boshqaruv usuli bilan birikadi. Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi.
2. Aniqlovchi so'z birikmasi. Bunda tobe bo'lak aniqlovchi vazifasida va komponentlari o'zaro moslashuv va bitishuv yo'li bilan birikadi. Aniklochi so'z birikmasiga izohlovchi so'z birikmasi ham kiradi: Shoir Usmo Nosir xotirasi hech qachon unutilmaydi.
3. Xolli so'z birikmasi. Bu xil so'z birikmalarining tobe bo'lagi hol vazifasida keladi. Komponentlari boshqaruv va bitishuv yo'li bilan birikadi:
Zuxra fabrikada ishlaydi.
So'z birikmalari strukturalariga ko'ra ikki xil:
1) Oddiy so'z birikmalari.
2) Murakkab so'z birikmalari.
Oddiy so'z birikmalari ikkita mustaqil so'zdan iborat: -Kitobni o'qish, maktab sari yurmoq, yangi kitob kabilar.
Murakkab so'z birikmalari ikkitadan ortiq leksik ma'noga ega bo'lgan so'zlardan tashkil topadi.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling