qachondan beri? qay vaqt? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol payt holi
deyiladi. Masalan: Bugun poytaxt mardlar sha’niga Bir ming to‘pdan yo‘lladi
salom. (G‘.G‘.) Har yili 1-sentabrda mustaqillik kuni keng nishonlanadi. Payt holi
ko‘pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi.
Bundan besh yil ilgari, o‘sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so‘z
birikmalari ham gapda birgina payt holi sanaladi.
Ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib?
qanday ahvolda? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol ravish holi deyiladi.
Misollar: «Lasetti» yangi asfalt yo‘lda tez yurib ketdi. Shoir shamning uchini
avaylab kesdi. Siz indamay o‘tirar edingiz. Ravish holi ravish, fe’l va ko‘makchili
otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi.
Demak, u ko‘pincha, o‘zi ergashgan so‘zdan oldin keladi.
Ish-harakatning miqdori va darajasini bildirib, qancha? nechta? necha
Do'stlaringiz bilan baham: |