Gapning uyushiq bo'laklari
I-bob. Uyushiqning ifoda vositalari
Download 93.84 Kb.
|
UYUSHIQ BO’LAKLAR VA ULARNING TA\'LIM BOSQICHLARIDA O’RGANILISHI
I-bob. Uyushiqning ifoda vositalari
1.1. Uyushiq bo'laklarda umumlashtiruvchi birliklar Uyushiq bo'lakli gaplarda umumiashtiruvchi so'z ham ishlatiladi. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin yoki keyin kelishi mumkin. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklar uchun berilgan so'roqqa javob beradi va umumlashtiruvchi so'zdan keyin ikki nuqta qo'yiladi: Daraxtdagi barcha qushlar: sa'va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo'r bo'ldi (H. F.) Umumlashtiruvchi birlik uyushiqlardan keyin kelganda, undan oldin tire qo'yiladi. Samarqandlik. bog'dodlik. misrlik, hindistonlik va xitoylik - hamma sayohatchilarga bu shahar manzur bo'ldi. (0.) Gapning ajratilgan bo'laklari O'zlari aloqador bo'Igan so'zlarning ma'nosini izohlab, bo'rttinb, aniqlashtirib keladigan va boshqa bo'laklardan maxsus to'xtam bilan ajratilib, logik urg'u oladigan bo'laklar gapning ajratilgan bo'laklari deyiladi. Masalan: Ariqning bo’yida qalin-qalin mirzateraklarning soyasida, chiroyli taxta karavot turardi. (Sh. R.) Ajratilgan bo'laklar, qaysi gap bo'lagiga oid ekanligiga ko'ra ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan to'ldiruvchi, ajratilgan hol kabi turlarga bo'linadi. Ajratilgan aniqlovchilar. Ajratilgan aniqlovchilar uch xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi, ajratilgan izohlovchilarga bo'linadi. Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelib uning belgisini bo'rttirish. Alohida ta'kidlash uchun xizmatqiladi. Masalan: Seryoja—oddiy, navqiron, mard yigit—o'rtoqlari uchun jonini fido qild'i. (Sh. R.) Bu misolda oddiy, navqiron, mard yigit sifatlovchilari (Seryojaning) belgilarini bo'rttirib ko'rsatish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ayrim hollarda yakka kelgan sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin. Masalan: Shohista, beparvo taxta karavotning ustida nirna bilandir shug'ullanardi. Ajratilgan qaratuvchilar o'zidan oldin kelgan qaratuvchining ma'nosini izolilash uchun xizmat qiladi. Masalan: Sizning, universitet talabalarining, ko'rik tanlovda qo'lga kiritgan g'alabalaringiz hammamizni xursand qildi. (Gazetadan.) Ajratilgan izohlovchi izohlanmishdan keyin keladi va maxsus to'xtam bilan aytiladi. Masalan: Biz, paxtakorlar bu yil mo'l hosil beramiz. Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligining asoschisi - bizning qalbimizda abadiy yashaydi. Aj ratilgan to'ldiruvchilar o'zidan oldin kelgan to'ldiruvchining ma'nosini izohlaydi, aniqlashtiradi.Masalan: Bolalarining eng kichigini, Durbekni, oldin ko'rmagan ekanman. Biz sinf rahbarimizga, Salima opaga, ko'proq o'rganib qolgan edik. Ajratilgan hollar o'zidan oldin kelgan holning ma'nosini izohlaydi va unga aniqlik kiritadi.Masalan: Yozda, kanikul kunlarida, ko'pgina badiiy asarlar o'qidik. Uzoqda, ko'kimtir tuman ichida mudragan tog'lar ustida, siyrak yulduzlar ko'zlarini horg'ingina qisadilar.(O.) Agap tomondagi mevazor bog'lar baland ko'tarilgan oy shu'lasida xuddi tutash qalin o'rmonga o'xshab qorayib turar, o'ng, tomonda jarlikning ustida bir qo'rg'on ko'zga chalinadi. (O. Yo.) Ajratilgan bo'laklar o'zi aloqador bo'lgan bo'lakdan ham, gapning boshqa bo'laklaridan ham, yozuvda vergul orqali ajratiladi. Agar ajratilgan bo'laklar tarkibi—keng (yoyiq) bo'lsa, yoki uning tarkibida uyushiq bo'lak bo'lsa ajratilgan bo'lak bilan izohlanayotgan bo'lak o'rtasida ya'm so'zini ishlatish mumkin bo'lsa, ajratilgan sifatlovchi gap oxirida kelsa, bunday holda ajratilgan bo'lak boshqa bo'laklardan tire bilan ajratiladi. Masalan: Gulnor o'limining uchinchi kuni, Samarqanddan ulaming bir qarindoshi - Gulsinbibi opasining o'g'li, sodda dehqon yigit— tasodifan kelgan edi.(O.) Gap bo'laklari sanalmaydigan so'z va birikmalar Gap tarkibida gap bo'lagi hisoblanmaydigan bo'laklar bilan grammatik jihatidan bog'lanmaydigan so'z va birikmalar ham ishlatiladi. Bunday so'z va birikmalar faqat ma'no jihatidan butun quyidagi turlarga bo'linadi: undalma, kirish so'z, kirish birikma va kiritma gap. Undalma So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildirgan so'z yoki so'z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bildirilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. Undalma bosh kelishik shaklidagi ot yoki otllashgan so'z bilan ifodalanadi va bu jihatdan egaga o'xshaydi, lekin u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog'lanishligi va maxsus ohangga ega bo'lmasligi bilan gap bo'laklaridan farq qiladi. Masalan: Azizim, devorda chiqillar soat. Kunu tunni bo'ldik yigirma to'rtga. (U. A.) Undalma ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. Ko'p hollarda shaxs otlari,qarindoshlik, hunar, kasbni anglatuvclii so'zlar undalma bo'Iib keladi. Masalan: Ey. mening munisginam, Mehribonim, opajon. (U.A.) To'kilganidan tomchilagan yomon, uka, tomchilagan yomon. Ayrim hollarda, ayniqsa, she'riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz predmetlarning nomini bildirgan so'zlar ham undalma bo'Iib keladi. Masalan: Sayrang. bulbulim, sayrang, U gulning shoxi sinsin. (Qo'shiq.) To'pim, to'p - to'p etasan, Ursam uchib ketasan. Undalma bir so'z bilan shuningdek, so'z birikmasi bilan ifodalanadi. Bir so'z bilan ifodalangan undalma yolg'iz undalma deb yuritiladi. Masalan: Qo'llarim gullagan edi, bahorim, Qara, gullab turgan qo'llarim xazon. (U.A.) So'z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma deyiladi. Masalan: Nechun bu tuproqni deb yig'ladi Furqat. 0, Koshgar tuprog'i, qishloqmiding sen. (E. V.) Kelinglar, go'zal gullar, Keling, oshiq bulbullar. (Sh. R.) Undosh ma'nosim kuchaytirish uchun ba'zan undalma takrorlanadi: Qushlar, qushlar, hoy qushlar! Qanot qoqib kelinglar! (Z. D.) Undoshni kuchli ifodalash uchun undalmaning oldidan ba'zan ey, yo. hoy kabi undovlar keladi. Bunday holatda undov bilan undalma orasiga vergul qo'yilmaydi: Ey, quyosh, ko'rsat yuzing, Tundan bag'ir qonlanmasin. (S. A.) Undalma gap boshida kelsa, yozuvda undalmadan so'ng vergul qo'yiladi: O'quvchilar, topshiriqlarni o'z vaqtida bajaringiz. Agar gap boshida kelgan undalma hayajon bilan aytilsa, undan so'ng undov belgisi qo'yiladi: O'rtoqlar! Aziz o'rtoqlar! Haqiqat o'z o'rnini topdi. Undalma gap ichida kelsa uning har ikki tomonidan vergul qo'yiladi: So'zla. ko'zgujon. haqiqatni et bayon. (P.) Undalma gap oxirida kelsa undan oldin vergul qoyiladi: O'zbekistonni gullarga burkaylik. do'stlar! Topshiriqni o'z vaqtida bajarganingiz uchun rahmat, azamatlar. Kirish so'z va kirish birikma So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga yoki uni ifoda qilish usuliga bo'lgan munosabatini bildiruvchi so'z va so'z birikmasi kirish so'z yoki kinsh birikma deyiladi. Masalan; Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.(H.O.) Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Misollarni solishtiring: Afsuski, shu choq hovlida uning kichik nevaralari yo'q ekan. (O'.U.)- Albatta, har bir talaba fan yutuqlarini puxta egallash uchun qunt bilan o'qishi kerak. (Gazetadan.) Kirish so'z va birikmalarning ma'no ifodalash xususiyatini jadvalda quyidagicha ko'rsatish mumkin. Kiritma gap va kiritma belgi So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap asosiy fikrni qo'shimcha izohlash, aniqlash, toldirish uchun ishlatiladi va o'ziga aloqador bo'lmagan gapdan maxsus to'xtam bilan ajratiladi. Masalan: U bejirim tuflisi bilan yemi duk-duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go'yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.) Kiritma gaplar odatda qavs ichiga olinadi: O'sha yosh bolam (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Ayrim hollarda kiritma gap o'zi bilan aloqador bo'lgan gapdan tire bilan ajratiladi. Masalan: Universitet hovlisi—men hozirgina aylanib chiqdim— talabalar bilan gavjum bo'lib turibdi. So'zlovchining qo'shimcha fikrini alohida ta'kidlaydigan maxsus belgilar ham bo'lishi mumkin. Bu darak belgilari shaklida qo'yiladi. Masalan: "Avtor mana shu bachkana (?) munosabatlarning hammasini poyetiklashtirib tasvir etadi."Nahot poyetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo'lolsa. (M.N.) Bir bosh bo'Iakli gaplar va ularning turlari Tarkibida grammatik asoslaridan yo ega yoki kesimi mavjud bo'lgan gap bir bosh bo'Iakli gap deyiladi. Bir bosh bo'Iakli gaplar. bosh bo'laklardan qaysi birining ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) egasiz bir bosh bo'Iakli gaplar, 2) kesimsiz bir bosh bo'Iakli gaplar Egasiz bir bo'lakli gaplar. Faqat kesim tarkibidan iborat bo'ladi va unda harakatni bajaruvchi shaxsni topib bo'lmaydi yoki uni kesimdan anglash mumkin. Bunday gaplar ikki turga bo'linadi: 1) egasi topilar gap, 2) egasi topilmas gap. Kesimsiz bir bosh bo'lakli gaplar atov (ya'ni nominativ) gaplar. Egasi topilar gap. Bir bosh bo'lakli gaplarning bu turida ega bo'lmaydi, ammo uni gapning kesimidan payqab olish mumkin. Bunda asosiy e'tibor harakatni bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratiladi. Egasi topilar gaplar ana shu xususiyatlariga ko'ra: shaxsi aniq, shaxsi noaniq. shaxsi umumlashgan gaplarga bo'linadi. Shaxsi aniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalangan va kesimi orqali harakat bajaruvchi shaxsni topish mumkin bo'lgan bir bosh bo'lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega odatda, leksik jihatdan shakllanmaydi va unga ehtiyoj ham bo'lmaydi, chunki kesim vazifasida kelgan so'z tarkibidagi tuslovchi qo'shimchalar shaxsini aniq ko'rsatib turadi. Masalan: Chappar urib gullagan bog'in, O'par edim vatan tuprog'in. (H.O.) Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi: 1. Aniqlik maylidagi fe'l bilan : Seni bir ko'ray deb keldim, Mehringga to'yay deb keldim (Qo'shiq.) 2. Buyruq mayli shaklidagi fe'l bilan:Bo'lsang yigit, bo'lsang hamki chol,Qo'lingga qurol ol! (H.O.) 3. Shart -istak maylidagi fe'l bilan:Ayb emasdir sevilsam, sevsam,Ayb emasdir seni yor desam. Shu berilgan topshiriqlarni o' z vaqtida tugataylik! Ko'p hollarda shevalarda ham shaxsi aniq gaplar ishlatiladi. Masalan: Do'stingdan top! Ishonmagin do'stingga, somon tiqar po'stingga. (Maqol.) Bir hangomalashaylik. Shaxsi aniq gaplar badiiy adabiyotda, ayniqsa diologik shaklida nutqda ko'p ishlatiladi. Shaxsi noaniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko'rsatib turmaydigan bir bosh bo'lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi III shaxsga qaratilgan bo'lsa ham bajaruvchi shaxs noma'lum bo'ladi. Masalan: Umr daftarini bezashdi. Yoshlik xotirasini yozilmagan oq varaq deydilar. (Sh.) 1. III shaxsning ko'plik shaklidagi fe'l bilan: Mendan senga xabar bersalar.(K.S.) Shunday chiroyli, mard yigitni buncha qiynaydilar. (O.) 2. Birgalik nisbatdagi fe'l bilan: Ulami hozir olib ketishdi. Siznirektoratga chaqirishdi. 3. III shaxsning birlik shaklidagi fe'l bilan: Hech bo'lmasa, alikolsa-chi? (U.) Bunday gaplar nisbatan kam uchraydi, ilmiyadabiyotlarda esa qo'llanmaydi. Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, mazmuni umumga qaratilgan bir bosh bo'lakli gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifoda qilinadi. Xalq maqollari, asosan, shaxsi umumlashgan gaplarga teng bo'ladi. Masalan: Kerilma g'oz, hunaring oz. Hurmat qilsang hurmat ko'rasan. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l. Bir tok eksang bir tup tol ek. Sayoq yursang tayoq yeysan. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi ayrim hollarda birinchi shaxsing ko'plik shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan: Dushmanlardan har doim ogoh bo'laylik! Shaxsi umumlashgan gaplarda undalma, kirish so'z, kiritmalar, maqol so'z va yuklamalar qatnashmaydi. Egasi topilmaydigan gap. Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega )ni topish mumkin bo'lmagan bir bosh bo'lakli gaplar egasi topilmaydigan gap deyiladi. Bunday gaplar quyidagicha ifodalanadi: 1. Ravishdosh va bo'ladi \\ bo'lmaydi fe'li bilan: Oyni etakbilan yopib bo'lmaydi. Mehnatsiz rohatga erishib bo'lmaydi. 2. Shart maylidagi fe'l va bo'ladi \\ bo'lmaydi so'zlari: shuyo'ldan borilsa bo'ladi. 3. Harakat nomi va zarur, mumkin, shart, lozim, darker, kerakso'zlaridan biri bilan: Odamlarga to'g'risini aytishimiz zarur. 4. Majhullik nisbatidagi fe'l bilan: Qishloqqa bir soatdan keyinkirib boriladi. 5. To'g'ri so'zi hamda kelmoq fe'lining tuslangan shakli bilan:Bugun yig'ilish o'tkazishga to'g'ri keladi. 6. Aniqlik may lining III shaxs shaklidagi fe'l bilan: Bu o'tirishnibekorchiga chiqargan. Atov (nominativ) gap. Bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so'z bilan ifodalanib, predmet, narsa-hodisalarning mayjudligini ko'rsatuvchi bir bosh bo'lakli gaplar atov (nominativ) gap deyiladi. Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, hukm ohang orqali ifoda etiladi. Bu gaplarda ohang asosiy vazifani bajaradi. Oddiy so'z ham ohang sababli gapda qo'llanadi. Atov gap yolg'iz ishlatilmaydi, undan keyin boshqa gap keladi. Download 93.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling