Gapning uyushiq bo'laklari
Download 93.84 Kb.
|
UYUSHIQ BO’LAKLAR VA ULARNING TA\'LIM BOSQICHLARIDA O’RGANILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish………..17
UYUSHIQ BO’LAKLAR VA ULARNING TA'LIM BOSQICHLARIDA O’RGANILISHI Mundarija: Kirish…………………………………………………………………….......3 I-bob. Uyushiqning ifoda vositalari………………………………….….….5 1.1. Uyushiq bo'laklarda umumlashtiruvchi birliklar………………………...5 1.2. Uyushiq bo'laklarda umumlashtiruvchi so'zning qo'llanilishi……...…..12 II-bob. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish………..17 2.1. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari………...17 2.2. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi…………………….21 Xulosa……………………………………………………………………….24 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………25 Kirish Gapda bir xil so'roqqa javob berib, bir xildagi sintaktik vazifani bajarib, sanash ohangi va teng bog'lovchilar yordamida birikkan gap bo'laklari gapning uyushiq bo'laklari deyiladi. Masalan: O'z yurtimiz, bog'imiz, o'z vodiymiz, tog'imiz, O'z qutli chirog'imiz hamisha bo'lur omon. (G'. G'.) Bu gapdagi yurtimiz. bog'imiz. vodiyimiz, tog'imiz, chirog'imiz so'zlari uyushib kelgan va bir xil so'roqqa javob bo'lib, sanash ohangi orqali o'zaro birikkan. Har bir gap bo'lagi uyushib kela oladi. Masalan: l.Ega uyushadi: Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas, Ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas. (Qo'shiq.) 2. Kesim uyushadi: 1) fe'l kesim: Haqiqat bukilar, lekin sinmas.(Maqol.) 2) ot kesim; Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yogulmisan. cho'g'izmisan, bulbulmisan, nodon o'zing, xushxono'zing. (E.V.) 3. To'ldiruvchi uyushadi: 1) vositasiz to'ldiruvchi: Aqlimni,dilimni, bebaxtlarimni—Borishsiz dunyoda otgan azizim. (U.A.)2) vositali to'ldiruvchi: Navoiy obod joylardagi ekinlarga,mevazor bog'larga diqqat qildi. (O.) Navoiy tarixda mashhur shaxslarning hayotlari, fikrlari, maslaklari va ularga doir afsonalar haqida asar yozishni Jomiyga taklif etdi. (O.) 4. Aniqlovchi uyushadi: 1) sifatlovchi: Maktabimiz bog'ida oqqizil, sariq va boshqa anvoyi gullar bor; 2) qaratuvchi: Oq o'rik, shotut, shaftoli, g'aynolining sap-sanq yaproqchalari hovli betini ko'mib yotibdi. (I.R.) 5. Hol uyushadi: Buzoq, echki boqib, to'n tepishib, varrakuchirib, chillak o'ynab yurgan bolalar uylariga tarqab ketishdi.(H. N.) Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasizoqmoqda (I.R.). Uyushiq bo'laklarda son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar odatda uyushuvchi so'zlarning oxiriga qo'shilib. hammasi uchun umumiy bo'ladi. Maktabimizda rasm, musiqa va drama to'garaklari bor.(Gazetadan.) Son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar ba'zan uyushuvchi so'zlarning har biriga qo'shilib keladi. Masalan: Tog' etaklaridan nafis gullarning, xushbo'y giyohlarning hidlar an-qiydi. (O.) Xalqi uchun vatani uchun o'z jonini ayamadi bizning mard o'g'lonlar. (Teleeshittiruvdan.) Uyushiq bo'laklarda qo'shimchalar emas, balki so'zlar ham umumlashib, ular har bir ujTishuvchi so'z bilan takrorlanmay, uvushiq bo'lak oxirida keladi. Dalada kim unumli, kim ko'p, kim tez ishlash uchun musobaqa qilishdi. Uyushiqning ifoda vositalari Uyshiq bo'laklarda gap bo'laklarining uyushib kelishi ikki xil yo'l bilan amalga oshadi. 1) ohang. 2) teng bog'lovchilar. Ohang yordamida uyushiq bo'laklar sanash ohangi orqali birikadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi: Oqarar. bo'zarar, lovullar yuzlar, falak zamin bo'lar, osmon.(U.A.) Teng bog'lovchilar. Gap bo'laklarining uyushib kelishida bog'lovchilarning o'rni katta. Bular quyidagicha: 1) va, hamda bog'lovchilari orqali: Bulbullarning va sa'valarning sayrashi bizga zavq beradi. Ko'p o'tmasdan sergo'sht hamda mazali shavla tortildi.(O.) 2) Zidlovchi bog'lovchilar orqali: Ketma-ket chaqaloqningyo'g'on, lekin bo'g'iq inga-ingasi eshitildi. (S.Z.) 3) Ayiruvchi va takrorlanuvchi bog'lovchilar orqali: Bektemirdam to'xtab, dam xayol surib turgan generalga duchkeldi. (0.) Uo'z o'tmishini goh quvonch, goh g'amgin esladi. Dillarga orom bag'ishlovchi kuylar goh qizlarning so'lim ovozlariga, goh shaydo bulbullarning gullar o'yiniga mast sayrashlariga, goh qirlar bag'rida cho'ponlaming naylaridan taralgan dilbar ohanglariga jo'r bo'lar edi. (Sh. R.) Uyushiq bo'laklar bog'lovchilar orqali birikkanda ular orasiga vergul qo'yiladi. Download 93.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling