Gʻarb adabiy-nazariy tafakkuri tarixidan Reja


Download 39.23 Kb.
bet3/6
Sana17.09.2023
Hajmi39.23 Kb.
#1680017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G`arb ad.naz qarashlari

“Grammatika” tuzuvchisi sanaladi.
Shu davrda yaratilib, bizgacha yetib kelgan “Apollodor kutubxonasi” nomli to‘plamda ko‘plab yunon miflarining mazmuni bayon qilingan
Shoir Parfeniy (mil.av. I asr) tomonidan tuzilgan “Ishq iztiroblari haqida” nomli to‘plamga sevgi-muhabbat mavzuidagi miflar jamlangan bo‘lib, u keyincha ko‘plab rim shoirlari ijodiga ta’sir etganligi e’tirof etilgan.
Rim imperiyasi davriga kelib badiiy ijodga qiziqishning susayishi, poeziya taraqqiyotida turg‘unlik holati kuzatiladi. Bunga zid o‘laroq, prozada, xususan, tarixnavislik va ritorlik prozasida yuksalish ko‘zga tashlanadi.
Dionisiy Galikarnasli mil.av. 30 yilda Rimga kelib, zodagon xonadonlarda saboq berish bilan mashg‘ul bo‘lgan yunon olimlaridan biridir. Undan ritorika masalalariga bag‘ishlangan bir qator asarlar saqlanib qolgan. Jumladan, “Qadimgi notiqlar haqida” nomli asarida antik Gresiyaning mashhur notiqlari — Lisiy, Isokrat, Isey, Demosfen, Dinarx, Fukididlar haqida, ularning ijodi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
Antik Rim madaniyatining yirik namoyandasi Mark Tulliy sitseron (mil.av.106-43 yy.) notiqlik san’ati rivojiga ham nazariyotchi, ham amaliyotchi sifatida ulkan hissa qo‘shgan. Uning“Notiq haqida”, “Brut yoki mashhur notiqlar haqida”, “Notiq” nomli risolalari, nomlanishidanoq ko‘rinib turganidek, ritorika masalalariga bag‘ishlangan.
Sitseronning poeziya haqidagi fikr-mulohazalari maktublarida ham aks etgan. Masalan, Attikka yozgan maktubida u mazmunning shakldan ustun turishini ta’kidlab, she’rning ohangdorligi, musiqiyligini mazmundan ustun qo‘yuvchilarni tanqid qiladi. Ayni paytda, u badiiy asarni baholash, qimmatini belgilashda til xususiyatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Antik Rimning yana bir mashhur shoiri — Kvint Goratsiy Flakkning (mil.av. 65-8 yy) “Poeziya ilmi” (Pizonlarga maktub) nomli asari she’riy yo‘lda yozilgan risola, aniqrog‘i, qo‘llanma bo‘lib, adabiy doiralarga yaqin bo‘lgan zodagonlar — Pizonlar xonadoniga yo‘llangan maktub shaklida yozilgan. Goratsiy ushbu maktubida Pizon va uning ikki o‘g‘liga poeziya oldiga qo‘yiladigan talablarni bir-bir tushuntirib boradi va shu asno o‘z davrining adabiy nazariy qarashlarini muxtasar bayon qiladi.
Yevropa madaniyati tarixida O‘rta asrlar qariyb 1000 yilni — V asrdan XIV asrga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr eski yunon-rim madaniyatining yemirilishi, uning o‘rnida sharq asosidagi xristian madaniyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Antik davrdagi yagona yunon-rim madaniy hududining ikkiga — sharqiy va g‘arbiy hududlarga ajralishi, bu ikki hududdagi madaniy taraqqiyotning bir-biridan sezilarli farqlanishi, antik madaniyat bilan xristian madaniyati o‘rtasidagi ziddiyatlar, xristian dini mavqeining kuchayishi va uning ijtimoiy, badiiy-estetik tafakkurga kuchli ta’sir o‘tkazgani — bularning bari o‘rta asrlarni o‘rganishda ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Vizantiyalik olimlar Aleksandriyada kuzatilgan an’ana — o‘tmish merosini yig‘ish, o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratdilar. Jumladan, keyincha Konstantinopol patriarxi bo‘lgan Fotiyning (810-891) antik davrdan qolgan bilimlarni jamlash yo‘lidagi harakati natijasi o‘laroq “Miriobiblion” (“Kutubxona”) nomli asar yaratildi. Bu asarda Fotiy va uning shogirdlari tomonidan o‘qib chiqilgan, antik davrda, shuningdek, vizantiya madaniyatining ilk davrlarida yaratilgan 300 ga yaqin kitoblar haqida muxtasar qaydlar, annotatsiyalar, ba’zan esa mufassal referatlar shaklidagi ma’lumotlar berilgan; ulardan ancha keng ko‘chirmalar berilgan, ayrim hollarda mualliflar haqidagi biografik ma’lumotlar bilan ta’minlangan. Aytish kerakki, “Kutubxona”da mavzu va janr e’tibori bilan xilma-xil (falsafa, tarix, grammatika, ritorika, tabiatshunoslik, tibbiyot, avliyolar hayoti, ilohiyot va boshqa sohalarga oid) kitoblar haqida hech bir tizimga solinmagan holda ma’lumot beriladi.
Vizantiyalik yana bir olim — Yevstafiy Solunskiy(1115-1195) qadimgi yunon yozuvchilarining asarlari matnini tiklash, ularga sharh va izohlar yozish bilan shug‘ullangan. Jumladan, “Iliada” va “Odisseya”ga yozgan sharhlari Uyg‘onish davri filologtadqiqotchilari tomonidan yuksak qadrlangan.
O‘rta asrlardagi ilk adabiy-nazariy mulohazalar sirasida xristian ilohiyotchisi Avreliy Avgustin (354-430) asarlaridagi ayrim qarashlarni ko‘rsatish mumkin. Avgustinning “Iqrornoma” (“Ispoved”) asari uning juda murakkab va ziddiyatli ma’naviyruhiy, e’tiqodiy shakllanish yo‘lini bosib o‘tganini ko‘rsatadi.
Adabiyotning bilish imkoniyatlari masalasida Avgustin ko‘p jihatdan Platonga hamfikr. Avvalgi faslda ko‘rilganidek, Platon poeziya narsa haqidagi tasavvur — “soya”ga taqlid qilgani uchun uning mohiyatiga yetishdan ojiz deb hisoblaydi. Avgustinga ko‘ra, ko‘zga ko‘rinib turgan go‘zallik — yolg‘on go‘zallik, filokaliya va poeziya ayni shu yolg‘on go‘zallikkagina intiladi. Haqiqiy go‘zallikni idrok etish esa falsafaning chekiga tushadi, chunki oliy ong tomonidan yaratilgan go‘zallikni ko‘ra olish va u orqali haqiqiy go‘zallikni idrok etishda ong hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Download 39.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling