Gʻarb adabiy-nazariy tafakkuri tarixidan Reja
Karl Akademiyasipeshvosi Flakk Abbin
Download 39.23 Kb.
|
G`arb ad.naz qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brunetto Latini (1200-1294) sitseron asarlarini jonli italyan tiliga o‘giradi.
- Uyg‘onish davri Yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri
- Petro Bembo
- Franchesko Petrarka (1304-1374), Jovanni Bokkachcho
- Petrarkaning adabiy tanqidiy qarashlari
Karl Akademiyasipeshvosi Flakk Abbin Alkuin (735-804) yaxshi pedagog bo‘lgan: imperator farzandlariga murabbiylik qilgan va ular uchun dialektika, grammatika, ritorika, orfografiya bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, ma’naviy-axloqiy masalalarga bag‘ishlangan risolalar yaratgan. Shu bilan birga, Alkuindan qator poemalar, lirik she’rlar, epigrammalar turkumi, avliyolar hayotiga bag‘ishlangan hasbi hollarni o‘z ichiga olgan kattagina adabiy meros qolgan.
Davr ziyolilari endi antik mualliflar asarlarini to‘plash yoki ularga sharhlar yozish emas, ularni o‘z ona tilisiga o‘girish muhimroq ekanini anglay boshlaydilar. Zero, o‘tmish madaniyatini egallash yangi milliy madaniyatlarni taraqqiy ettirishda muhim edi. Masalan, Brunetto Latini (1200-1294) sitseron asarlarini jonli italyan tiliga o‘giradi. Xuddi shu muallif o‘rta asrlarda mavjud bilimlarni o‘z ichiga olgan uch jildlik “Xazina” nomli qomusni fransuz tilida yaratadi. Yoki fransuz shoiri Estash Deshanning “Qo‘shiq va balladalar to‘qish san’ati” (1392) nomli asari o‘rta asrlardagi poetika masalalariga bag‘ishlangan ilk risola sanalishi mumkin. Uyg‘onish davri Yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri Uyg‘onish madaniyati va dunyoqarashiga xos jihatlar Dante Aligeri(1265-1321) ijodidayoq ko‘zga tashlanadiki, uning “o‘rta asrlarning so‘nggi ... yangi davrning ilk shoiri” (F.Engels) sifatida ta’riflanishi bejiz emas. Bunga amin bo‘lish uchun ulug‘ shoirning adabiy tanqidiy qarashlaridagi eng muhim nuqtalarga to‘xtalib o‘tish kifoya. Ulardan birinchisi Dantening dunyoviy adabiyot cherkovdan mustaqil bo‘lishga haqli deb hisoblaganidir. Uyg‘onish davrining asosiy belgilaridan biri ham shunda — adabiyot va san’atni dunyoviy o‘zanga burganida namoyon bo‘ladi. Dantening adabiy tanqidiy qarashlaridagi ikkinchi muhim jihat — adabiyotni jonli tilga yaqinlashtirish haqidagi qarashlari, sa’y-harakatlari ham bevosita shu bilan bog‘liqdir. Negaki, bu davrga kelib rasmiy cherkov tili — lotin tili qotib qolgan, o‘lik tilga aylangan edi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday sharoitda adabiyotni jonli tilga yaqinlashtirish uni cherkovdan ajratishning birlamchi sharti edi. Dante “Xalq tili haqida” nomli risolasida adabiyotni jonli tilga yaqinlashtirish zaruratini nazariy jihatdan asoslashga intiladi. Unga ko‘ra, ilohiy deb birgina qadimgi yahudiy tilini e’tirof etish mumkin. Oradan ikki yuz yil o‘tgach, Petro Bembo(1470-1547) o‘zining “Xalq tili haqida nasrdagi mulohazalar”(1525) nomli asarida Dantening bu boradagi xizmatlarini sitseronning lotin tilini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlariga tenglagan edi. Antik yozma yodgorliklarni to‘plash, ularni filologik tadqiq qilishga e’tibor kuchaydi. Shunisi diqqatga molikki, bu boradagi ishlarni boshlab berganlar qatorida Franchesko Petrarka (1304-1374), Jovanni Bokkachcho (1313-1375) kabi so‘z san’atkorlari birinchilardan sanaladilar. Antik Rimning atoqli kishilari hasbi hollari jamlangan “Mashhur eranlar haqida” nomli asari, antik adabiyot namunalari jamlangan “Diqqatga molik narsalar haqida” nomli majmuada, shuningdek, antik adiblarga bitilgan xayoliy maktublarida Petrarkaning adabiy tanqidiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Petrarka so‘z san’atiga o‘rta asrlarda bo‘lgani kabi oddiy bir kasb sifatida qarashga qarshi chiqadi, uni tom ma’nodagi erkin ijod mahsuli deb biladi. Mashhur “Dekameron” muallifi Jovanni Bokkachcho ham antik merosni o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. Uning “Majusiy ilohlar shajarasi” nomli asarining qator o‘rinlarida adabiyot haqida qimmatli fikr-mulohazalar bildiriladi. Antik merosni o‘rganishning kengayishi bilan bog‘liq holda matnshunoslik sohasi rivojlandi. Bu borada Anjelo Politsiano (1454-1494), Lorenso Valla (1454-1494) singari matnshunoslarning xizmatlarini alohida qayd etish zarur. Aristotel “Poetika”si 1508 yilda Jorjo Valla tomonidan avval lotin, so‘ng yunon tilida nashr ettirildi. 1549 yilda esa “Poetika”ning italyan tilidagi tarjimasi nashr etildi. “Poetika” adabiy doiralarda katta qiziqish uyg‘otdi: unga turlicha munosabatda bo‘lindi, asar turlicha yo‘sinlarda talqin qilindi, uning tevaragida o‘tkir bahs-munozaralar qo‘zg‘aldi. Download 39.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling