G’arb pedagoglari (Ya. A. Komenskiy, K. D. Ushinskiy, A. Disterverg va boshqalar). O’qituvchi va uning pedagogik mahorati to’g’risida. Reja


Download 26.54 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1400133
Bog'liq
2 5301225498628597817



Mavzu:
G’arb pedagoglari (Ya.A.Komenskiy , K.D.Ushinskiy , A.Disterverg va boshqalar) . O’qituvchi va uning pedagogik mahorati to’g’risida.


Reja:

Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish: pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish, o'quvchilar, ham kasblar hamda ota-onalar bilan munosabat muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - m a’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvori va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida m a’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir.


«Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat ko'nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida m a’lu motlar berib boriladi.


Bu maqsad bo’lajak o‘qituvchilaming quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texno logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘ri sidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an’analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to'g'risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o'qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.

5. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar.


6. O‘qituvchilar o 'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o'qituvchilar uzluksiz ma’lumotlami o'rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o 'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
O'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to'g'isidagi muammolar yevropa olimlari Ya. A. Komenskiy, Djon Lokk, Pestalotsi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida о’z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o'qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolalar sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi. Yan Amos Komenskiy o'z davrida o'qituvchilarning bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o'qituvchilik «уer yuzidagi har qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasl ekanligini ta’kidlaydi.
Muallifning fikricha, o'qituvchi o'z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o'z qadr-qimmatini to'la baholay bilis zarur. Ya.A Komenskiy o'qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqligini ta’kilaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o'z ishini sevuvchi, o'quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, о 'quvchilarni о ‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi. I.G.Pestalotssi o'qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi. A. Disterverg о‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o’tgan. Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‘tadillik, g’ayrat shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, O‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, K_ D.Ushinskiy, V. Suxomlinsiy, V.A. Slastyonim, L.N. Tolstoy, A.S. Makarenko, kabi rus pedagog olimlari g‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining vorislari sifatida mazkur muammolarga o‘z mulohazalanni bildirganlar. Jumladan, A_I.Gersen mulohazalariga ko‘ra, O‘qituvchining asosiy hislati - bu uning bolalar bilan munosabatda bo‘layotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudigida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i zarurki, unga har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi. Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’lim-tarbiya jarayonida о‘qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbiga oid ilmiy mulohazalarida hech bir qonun yoki programma, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati o'rini bosa olmaydi deb hisoblaydi. K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim - o‘qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.

K.D.Ushinskiy o'qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shun day deydi: “Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo'lgan o 'ttiz yoki qirqta o'quvchining ongini butun dars davomida mashg'ul qilib turish uchun о ‘qituvchi о ‘z so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ко ‘p bosh qotirishi, serdiqqat bo'lishi kerak. Marta shu sababdan bilimi bo'lgan har bir kishi о 'qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiya tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta 'rif qilinmaydigan bu vazifani inshonch bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi”. K.D.Ushiskiyning ta’kidlashicha, o'qituvchi qalbining bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini ko'rsatadigan ma’naviy oyinasi ijtimoiy qiymatga ega bo'lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yekazishda namoyon bo'ladi. Pedagogik faoiyatning уana bir muhim vazifasi o'quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon bo'luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo'llashdir. Uning fikricha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida g'oyasida keng qo'llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktlarg: ega bo'lmasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyati ning o'zi ham bo'lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi. «Aqlli, fikran boy, bag'rikeng insonchalik hech narsa yoshlarn qiziqtirmaydi, o'zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql - aql bilan tarbiyalanadi,


vijdon - vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik - bevosita vatan uchun xizmat qilish - deb ta’kidlagan eng mashhur rus pedagogi V.D.Suxomlovskiy.


O'qituvchi o'zining butun borlig’i , kundalik hayoti, mа’naviy madaniyati bilan hamkasblari va о 'quvchilarga о‘rnак bo 'ladi va ularni о‘z ortidan ergashtiradi». O'qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy - pedagogik tayyorgarlik, o'qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo'nalishi va bunda pedagogik mahorat to'g'risid so'z yuritib, shunday yozadi: O'qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, о 'qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogic nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar - taraqqiyotning, umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilim lardir, amaliyot bo'lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi.
Ikkinchidan pedagogik faoliyat - falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul.
Demak, o'qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to'g'ri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy - nazariy ma’lumotlarga ham ega bo'lish lozim. Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o'qituvchi fazilatining mukammalligini o'z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi bilan bir vaqtda bolalarga bo'lgan munosabatida, ularni xuddi o‘z farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko‘rgan. Uning ta’­ kidlashicha, “agar о 'qituvchi faqat ishiga havas qo’ygan bo ‘Isa, yaxshi о 'qituvchi bo 'ladi. Agar о 'qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo’ygan bo'lsa, oldingi о‘qituvchidan yaxshiroq bo'ladi. Bordiyu ikkala hislatni ham о 'zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli о 'qituvchi bo 'la oladi ”
Hozirgi kunda ham yevropaning yetakchi olimlari (B.P.Zyazin, V.A.Kan-Kalik, Y.N.Kyuluytkin, N.D.Nikandrov, L.I.Ruvinskiy va boshqalar) o'qituvchining pedagogik mahoratini yanada takommilashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, ular o'z asarlarida “mukammal egallangan pedagogik mahoratini o'qituvchi doimo orzu qilib intiladigan, ammo yetisha olmaydigan yuksak ideal kasbiy mahorat sifatida izohlaydilar. Shu ma’noda “mahorat” terminini o'qituvchiga nisbatan kompliment, ya'ni maqtov tariqasida eng oily baho sifatida qo‘llash mumkin.

Pedagogik mahorat faqat o‘qituvchi batamom o‘zlashtirishi lozim bo’lgan kasbiy bilim va ko'nikmalami egallashning eng yuqori cho'qqisi sifatida qabul qilinmasligi kerak. Tajribali o'qituvchi o'z ijobiy yutuqlari bilan qanoatlanib qolmasdan, hamisha kasbiga oid yangiliklarni o'zlashtirib borishi, jamiyat taraqqiyoti tufayli paydo bo'ladigan zamonaviy pedagogic vazifalar va muammolami hal qilishda faol ishtirok etishi; o'zining kasbiy ko'nikma va malakalarini uzluksiz oshirib borishga intilishi lozim. Bu pedagogik mahoratni egallashning ajralmas qismidir. Pedagogik mahoratni egallash va rivojlantirishda (malaka oshirish, takomillashtirishda) o'qituvchi o'zi bilgan va o'rgangan kasbiy bilim, ko'nikma va malakalami shakllantirib boradi. Demak o'qituvchi kasbiy mahoratini oshirishga intiladi. Uning chegarasi bormi? Bizga ma’lumki. bo'lajak o'qituvchining pedagogik mahorati aslida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rasmiy ravishda egallanadi va bunga tajribali ustozlar, olimlar jalb etiladi. So‘ngra o'quv -tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, ba’zan yosh o'qituvchining tajribasi va malakasi yetarli emaslig ham tan olinadi. Demak, o'qituvchining kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish uchun, avvalo uning malakasini oshirishga sabab bo'ladigan pedagogik mahoratini shakllantiradigan zamonaviy manbalar u omillar, vosita va metodlarni izlab topish zarur.


Ushbu yondashuv o'qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, har bir o'qituvchi ko'nikma va malakalarini oshirish bilan birga, o‘z kasbiga sadoqatli bo'lishi, uni sevishi hamd uzluksiz takomillashtirib borishi shart. Bunda belgilangan maqsad sari intilish, albatta pedagogik mahoratning eng yuksak cho'qqilarini egalashga ishonch - o'qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega Hozirgi zamon ilmiy pedagogik tadqiqotlar tahliliga ko'ra o'qituvchining kasbiy mahoratini oshirish muammolarini hal etish quyidagicha talqin etiladi:
- o'quv – tarbiyaviy jarayonni eng qulay uslublarini topish va jori etish, - o'z mehnatini muntazam ilmiy asosda tashkil yeta olish;
- o'qituvchi pedagogik qobiliyatini va pedagogik madaniyatir oshirish:
- pedagogik muammolarni mohirona hal etish yo'llarini takomilashtirish;
- amaliy va nazariy bilimlarni doimiy oshirib borish;
- kasbiy ijodkorlikni uzluksiz rivojlantirish.
Shuni ta’kidlab o'tish joizki, Sharq va G'arb olimlari tomonidai tahlil qilingan o'qituvchining pedagogik faoliyati haqidagi ko'pgina mulohazalar hozirgi kungacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda,

demak millati va kelib chiqishidan qat’iy nazar ajdodlar merosini takomillashtirish evaziga hozirgi kunda ta’lim va tarbiyani yanada yuksak bosqichlarga ko'tarish mumkin.



XULOSA:

O‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi ular bilan qizg‘in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo‘lishidir. Pedagogik-psixologik yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiv- tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan kommunikativ qobiliyat to'g'risida ko'plab fikr va mulohazalar yuritilgan. O'qituvchi o'z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarga nisbatan mehr-muhabbati bo'lmasa, ular bilan qizg'in muloqot qila olish qobiliyati, ya’ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun, o'qituvchining integral fanlar asoslarini va o'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko'nikma va malakalarini o'quvchilarg a faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi. O'qituvchi va o'quvchilarning jonli muloqoti, ta’lim muassasalarida pedagogic faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo' ladi.


Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo'lgan muloqoi har qanday kasbiy faoiiyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qato kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san’atkor va hokazo) 1 kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo'lgan oddiy omil emas, balk kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaiadi. Bu holda muloqot insonlar o'rtasidagi odatiy o'zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoiiyatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o‘ qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamivatli vosita sanalib, o'zaro ta’lim va tarbiyaviy ta'sir quroli sifatida namoyon bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo'shimcha vazifalariga rioya qilishga to'g‘ri keladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, hav qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o'zaro hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘zo'zicha sodir bo'ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada 0 ‘qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilislii, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi taiab qilinadi. Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko'ramiz. Aytaylik, do stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko'rgan Slmingiz to'g'risida, uning mazmun va g'oyasini bemalol so'zlayapsiz.

Bu holda muloqotning turmushda n r у beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo'naltirilgan tizimi bilan ish ko'rgan bo'lasiz. Tasavvur qilingi Sizga shu vazifani auditonyada, minbarda turib,


o'quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommunikatsiyani amalga oshirish vazifasini, awalo, muloqotning tabiiy shakllari o'miga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya’ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatni darhol his etasiz.
O'qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkorligi bir nechta ko'rinishda namoyon boiadi:
- o'qituvchining o‘quvchilami mukammal bilish jarayonidagi ijodkorligi;
- ular bilan o'zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;
- o'quvchiga bevosita ta’simi tashkil qilishdagi ijodkorligi;
- o‘z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o'zini-o'zi bilgan holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlaxni tashkil qilish jarayonida ijodkorlik
Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling